Муќаддима


-MA’RUZA. OQOVA SUVLAR VA ULARNING SINFLANISHI ........................................................................... 100



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/75
tarix19.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#58585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

14-MA’RUZA. OQOVA SUVLAR VA ULARNING SINFLANISHI ........................................................................... 100
 
17-MA’RUZA. YER RESURSLARINI EROZIYA VA DEFLYASIYADAN MUHOFAZA QILISH CHORA-
TADBIRLARI ..................................................................................................................................................................... 112
 
19-MA’RUZA. NEFT - GAZ SANOATI KORXONALARIDAGI CHIQINDILAR VA ULARDAN SAMARALI 
FOYDALANISH MUAMMOLARI .................................................................................................................................. 122
 
 



M U Q A D D I M A
Fan va texnika yuksak darajada rivojlangan hozirgi davrda inson va tabiat 
o’rtasidagi munosabatlar, ayniqsa ekologiya va atrof - muhitni muhofaza qilish va tabiiy 
resurslardan oqilona foydalanish masalalari o`ta muhim, kechiktirib bo’lmaydigan va 
o’z yechimini kutayotgan muammoga aylanib bormoqda. 
Tabiatni muhofaza qilish deganda, inson manfaatlarini ko’zlab, tabiatdan oqilona 
foydalanish, uni saqlash, qo’riqlash va tabiiy boyliklarini ko’paytirish yo’lida amalga 
oshirilayotgan tadbirlarning ilmiy asoslangan kompleksi tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi XI sessiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul 
qilgan Konstitutsiyaning 50–moddasida ―Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona 
munosabatda bo’lishga majburdirlar‖ deb alohida ta’kidlangan. ―Yer, yer osti boyliklari, 
suv, o’simliklar, hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy 
boyliklardir, udardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir‖ deb 
t`akidlanadi Konstitutsiyaning’ 55 moddasida. 
Ma’lumki, 1993-yil 9-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 
―Tabiatni muhofaza qilish‖ to’g’risidagi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda qanday 
mutaxassis tayyorlashdan qat’iy nazar barcha o’rta va oliy o’quv yurtlarida 
fuqarolarning hayoti uchun qulay tabiiy muhitga ega bo’lish huquqini ta’minlash uchun 
ekologik o’quvning majburiyligi belgalab qo’yildi. Chunki ekologik ta’lim va tarbiya 
yoshlarda ekologik ongni shakllantirishda, insoning tabiatga va biosferaga bo’lgan 
yangicha munosabatlarini yaratish muhim o’rin tutadi. Qolaversa, mustaqil 
respublikamizda ekologik madaniyatli, o’z Vataniga va eliga xizmat qiladigan yetuk, 
komil va barkamol insonning shakllanishiga katta ko’mak beradi. 
Tabiat cheksiz, tabiiy boyliklari bitmas–tuganmas degan ibtidoiy tasavvurlarga 
chek qo’yish, kishining madaniyat darajasini, intellektual bilim saviyasini uning 
tabiatga bo’lgan munosabati bilan o’lchaydigan davr keldi.
Nabotot va hayvonot dunyosini ehtiyot qilish, har bir gul yoki navdani uzishdan, 
yoki hayvonga o’q uzishdan oldin shu hatti harakat to’g’risida o’ylab ko’rish, o’z 
hovlisini va shahar havosini iflos qilib, axlat yoqayotgan kishiga befarq qaramaslik 
tabiatni muhofaza qilishning tarkibiy; qismidir. 
Ma’lumki, ―Ekologiya‖ fani nihoyatda keng- ko’lamda xilma-xil muammolarni 
o’z ichiga oladi. Tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan oqilona 
foydalanishning ilmiy asoslarini o’rgatishda, avvalo, muallim-muhandislar zimmasiga 
g’oyat mas’uliyatli vazifa tushadi. Bo’lajak muallim-muhandislar tabiatni muhofaza 
qilish va o’zgartirish sohasida chuqur bilimga ega bo’lishlari kerak. Chunki yuksak 
darjada taraqqiy etayotgan hozirgi kishilik jamiyatining tabiiy atrof-muhitga bo’lgan 
ta’siri tobora kuchliroq bo’lib bormoqda. Inson tabiatning tarkibiy qismi sifatida o’z 
mehnat faoliyati jarayonida tabiiy atrof muhitga ta’sir etib, o’zi ham shu muhitga 
moslashadi. 
―Inson – jamiyat – tabiiy – muhit‖ sistemasini tadqiq etishning asosiy 
vazifalaridan biri ana shu sistemaning uchala tarkibiy qismi o’rtasidagi modda va 
energiya almashinishining cheksiz va tobora chuqurlashib borayotgan jarayonlarini 
o’rganishdir. 
Ushbu o’quv qo’llanma O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim 



vazirligi tomonidan tasdiqlangan ―Ekologiya‖ fani o’kuv dasturiga asosan yozildi 
Qo’llamma birinchi marotaba nashr etilayoggani uchun ayrim hatoliklar va kamchiliklar 
sodir bo’lishi mumkin. O’quv qo’llanmaning kelgusida nuqsonsiz nashr etilishiga 
ko’mak beruvchi xato va kamchiliklarimizni ko’rsatadigan kitobxonlarimizga oldindan 
minnatdorchiligimizni bildirib o’z ―fikr va mulohazalarini quyidagi manzilga yozib 
yuborishlarini iltimos qilamiz. 




Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin