Ekologiya qonunlari Dunyodagi barcha ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ekologik jarayonlar
o’zaro chambarchas bog’liqdir. Ekologiyasiz iqtisodiyot va iqtisodiyotsiz ekologiya
bo’lmaydi. Biosfera kompronentlari orasidagi turli xil aloqalar, biogeosenoz elemetlari
orasidagi o’zaro bog’liqliklar, tabiat taraqqiyoti va o’z-o’zini mukammalashtirishi
ekologiyaning 4 ta qonuniga o’z aksini topgan. Ekologiya qonunlari birinchi marotaba
1974 yilda Amerikalik olim Barri Kommoner tomonidan fanga kiritilgan edi.
1-qonun. Tabiatdagi barcha moddalar va hodisalar o’zaro bog’liq. Ushbu qonun
biosferadagi barcha tirik organizmlar va ularni o’rab turgan tabiiy muhit orasidagi turli
xil va shakldagi bog’liqiliklarni o’ziga aks ettiradi. Tabiiy muhitning fizikaviy-
kimiyoviy holatining har bir o’zgarishi aloqalar orqali biogeosenozlarga beriladi,
natijada ularning rivojlanishiga katta ta’sir yetadi.
2-qonun. Hamma narsalar qayergadir yashirinishi kerak. Har bir narsa izsiz
yo’qolmaydi, balki bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi mumkin, bir molekulyar
holatdan ikkinchisiga o’tishi mumkin. Bunday o’zgarishlar tirik organizmlarning
yashash jarayoniga ta’sir yetadi. Masalan, yog’ingarchiliklar ko’proq sodir bo’lganda,
tabiiy iqlim o’zgarib o’simliklar rivojlanishiga katta ta’sir etishi mumkin. Yoki yer
qa’ridan qazib olinadigan ma’danlar, neft va gazlardan yangi moddalar va birikmalar
olinadi. Ammo texnologik jarayonlar davomida ajralib chiqadigan chiqindilar tabiatga
yoyilib ketgan.
3-qonun. Biron-bir narsa tekinga berilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, har bir
narsa uchun, shu jumladan, tabiatdan foydalanish uchun ham, to’lash kerak. Global
ekologik sistemada, ya’ni biosferada har qanday foyda ko’rishlar, albatta, talofatlar
bilan birga qo’lga kiradi. Ushbu talofat esa boshqa joyda paydo bo’ladi. Tabiatdan
olingan har bir narsaning joyi albatta, to’ldirilishi shart. Masalan, bug’doy, arpa,
ko’katlar va boshqa mahsulotlar yerdan fosfor, kaliy va shunga o’xshagan elementlarni
oladi. Agar yerga ushbu kerakli elementlarni mineral o’g’it sifatida bermasak, kelgusida
hosildorlik pasayib kyetadi.
4-qonun. Tabiat yaxshi ―biladi‖. Ushbu qonun Erda hayotning paydo bo’lishi va
rivojlanishiga asoslangandir. Masalan, Orol dengizi ming yillar davomida yashab keldi,
ammo inson yarim asr davomida uni halokatga uchratib qo’ydi. Tabiatda har bir organik
moddaning parchalantiruvchi fermenti mavjud. Tabiatda biron-bir organik moddani
sintez qilish nihoyatda qiyin, agar uni parchalantiruvchi vositasi bo’lmasa. Hozirgi
paytda inson shunday kimyoviy birikmalar yaratdiki, ular tabiiy muhitda
parchalanmaydi (masalan, plastmassa va rezina mahsulotlari), ular yig’ilib qolib tabiiy
15
muhitni ifloslantirmoqda. Demak, ushbu qonun bizni tabiiy sistemalarni o’zgartirish
(suv to’g’onlarni qurish, daryo oqimini o’zgartirish va b.) uchun oqilona yo’l
tutishimizga ogohlantiradi.