Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
22
22
jamiyatning madaniy taraqqiyotida muhim faktordir.
2. Yordamchi vositalar -
qo‘l alifbesi va ko‘rlar alifbesi. Qo‘l
yozuvi barmoqlar yordamida harflarni tasvirlash bo‘lib, eshitish
qobiliyatini yo‘qotganlar uchun xizmat qiladi. Ko‘rlar alifbesi Lui
Brayl’ tomonidan ishlangan bo‘lib, ko‘rish qobiliyatini yo‘qotganlar
uchun mo‘ljallangan. Bunda harflar 6 nuqtaning turli kombinatsiyasi
orqali ko‘rsatiladi.
4-
§.
TIL VA JAMIYAT. SOTSIOLINGVISTIKA
Til va jamiyatning o‘zaro uzviy munosabatini
sotsiolingvistika
fani o‘rganadi. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi insoniyat
jamiyati bilan mustahkam bog‘liq. Til insoniyat tarixi qadar
qadimiydir.
Umumiy til tushunchasining shevadan farqi bor:
til butun bir
xalqqa xizmat qiladi, sheva esa xalqning bir guruhigagina
taalluqlidir. Til ko‘p
vazifali, hamma uchun umumiy bo‘lgan aloqa-
munosabat vositasidir;
sheva esa, vazifa nuqtai nazaridan
chegaralangan bo‘lib, tilning nutqiy ko‘rinishini tashkil etadi.
Masalan, o‘zbek tiliga qarluq-chigil-uyg‘ur dialekti asos bo‘lgan.
Bu sheva Farg‘ona, Toshkent, Samarqand-Buxoro shevalarini o‘z
ichiga oladi. O‘zbek tili—ko‘p dialektli til. Bu hol o‘zbek
tilining
o‘ziga xos murakkab tarixiy rivojlanish sharoiti va o‘zbek millatining
o‘tmishdagi xilma-xil etnik tarkibi bilan izohlanadi.
Ta’kidlanganidek, til jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanadi,
tilning grammatik qurilishi takomillasha boradi. Til taraqqiyoti
jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘langan.
Kishilik tarixidan shu
narsa ma’lumki, avval urug‘dosh tili, keyin qabila tili, elat, xalq va
millat tili shakllangan.
Dialektlar urug‘chilik
davridan boshlab, jamiyat taraqqiyotining
keyingi bosqichiga qadar son jihatdan ko‘payib boradi. Bu
qabilalarning yashash tarzi bilan bog‘liq. Avval bir qabila ittifoqiga
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
23
23
kirgan tillar markazdan uzoqlashgan sari ulardagi dialektal farq orta
boradi va bu dialektal farqlar oxir-oqibatda yangi til paydo bo‘lishi
uchun asos bo‘ladi. Dialektlar sonining ko‘payishi va ular asosida
yangi-yangi
tillarning
vujudga
kelishi
til
taraqqiyotining
Dostları ilə paylaş: