Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Nuqtali vergul 
quyidagicha qo‘llanadi: 
1. O‘z ichida vergul bo‘lgan yoyiq uyushiq bo‘laklar orasida: 
Mehnat, ijod, odam sharafi
Dil yorug‘i, hayot quvonchi.
.. (S.Nazar) 
2.
O‘z ichida verguli bo‘lgan, mazmunan ma’lum 
darajada mustaqil bo‘lgan sodda gaplar orasida. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
165 
165
3. Yordamchi vositalarsiz bog‘lanadigan qo‘shma gap tarkibidagi 
sodda gaplar mazmuni u qadar yaqin bo‘lmagan voqea-hodisalarni 
ifodalasa, shuningdek, sodda gaplarning o‘zida vergul ishlatilgan 
bo‘lsa, ular orasiga nuqtali vergul qo‘yiladi: 
Shinel jiqqa ho‘l; 
Bektemirning yuzidan tomchilar quyilar edi.
Tire 
quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi: 
1.
Fe’l bo‘lmagan kesim bilan bog‘lamasiz birikkan ega 
o‘rtasida:
 Yurgan-daryo, o‘tirgan-bo‘yra

2.
Uyushiq bo‘laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi 
so‘zdan oldin: 
Hayo, odob, insof, diyonat- bular inson siyratini 
bezaydigan fazilatlardir
3.
Kirish gap bilan gap bo‘laklari o‘rtasida: 
Muhayyo va 
Lazokat ikkovlari-o‘shanda hali tong yorishmagan edi- paxtazor 
tomon ketishdi.
4.
Muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida.
5.
Dialog tipidagi ko‘chirma gaplarda.
6.
Kutilmagan voqea-hodisalarni ifodalagan gaplardan 
oldin: 
Men darrov idoraga yugurdim-yo‘qsiz.
(O) 
7.
Zid ma’noli gaplar orasida: 
Jismimiz yo‘qolur-o‘chmas 
nomimiz. 
(G‘.G‘) 
8.
 
Ajratilgan bo‘lak bilan izohlanmish bo‘lak orasida: 
Otam-Ne’mat Anorboev, shu jamoaning faol a’zosi edi. 
Ikki nuqta
quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi: 
1.
Uyushiq bo‘laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi 
so‘zdan keyin: 
Daraxtda barcha sayroqi qushlar: sa’va, mayna, 
bulbul jamlangan edi. 
2.
Bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning 
sababini ko‘rsatsa:
 Tuni bilan uxlay olmadim: singan qo‘lim bezovta 
qildi.
3.
Bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning 
natijasini ko‘rsatsa:
Xonanda bor mahorati bilan kuyladi: 
o‘tirganlarning ko‘zida yosh qalqdi.


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
166 
166
4.
Bir gap boshqa bir gapning mazmunini to‘ldirsa yoki 
izohlasa: 
Onam aytar: zerikmay, bolam, to‘yga bor, bor.
(Qo‘shiqdan) 
5.
Ko‘chirma gapdan oldin, muallif gapidan so‘ng ikki nuqta 
qo‘yiladi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin