Muallifdan


-§. LINGVISTIK TAHLIL METODLARI



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

 
30-§. LINGVISTIK TAHLIL METODLARI 
Tilshunoslik fanining o‘rganish sohasi bo‘lgan tilni har 
tomonlama tahlil qilish Fan taraqqiyotiga mos metodlarni taqozo 
etadi . 
Har bir sohani tahlil etuvchi har qanday metod quyidagi 
talablarga javob berishi lozim. 
1. Metod obyektiv bo‘lmog‘i kerak . Metodning qo‘llanish vaqti 
va o‘rnidan qat’iy nazar , natija bir xil bo‘lishi lozim. Subyektiv 
yondashuvlar metod qiymatiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi .
2 . Metod izchil bo‘lishi , aniq tushunchalarga asoslanishi lozim . 
3 . Metod universal bo‘lishi , ya’ni sohaning asosiy bo‘limlanishi 
(kamida to‘rtta) tahlil qila olishi kerak .
4 . Metod foydalanish mumkin bo‘lgan darajada sodda bo‘lishi 
lozim .
Tilshunoslikda talab darajasida bo‘lgan bir necha metod 
qo‘llanadi . Bu metodlar xarakteriga ko‘ra ikki xil : 
a)
umumiy metodlar . 
b)
lingvistik tahlil metodlari . 
Ushbu metodlar bir – biriga bog‘liq holda ish ko‘radi va 
muayyan xulosalarni bayon etadi .
Umumiy metodlar ijtimoiy sohaning barcha ko‘rinishlari uchun 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
168 
168
amal qiladigan metodlardir . Jumladan , umumiydan xususiyga , 
xususiydan umumiyga , analiz – sintez , oddiydan murakkabga 
tomon tahlil qilish metodlari deyarli barcha sohalarda amal 
qiladi .
Lingvistik tahlil metodlari tilshunoslikning o‘zi uchungina xos 
bo‘lib , shu fanga doir ilmiy xulosalar berishga xizmat qiladi .
Hozirgi zamon tilshunosligida lingvistik tahlil uchun quidagi 
metodlar qo‘llanadi; 
-
gap bo‘laklari metodi; 
-
tarixiy – qiyosiy metod; 
-
substitusiya (almashtirish) metodi; 
-
distributiv metod; 
-
tarkibiy qismlarga ajratish metodi; 
-
tranformatsion metod; 
-
statistik tahlil metodi; 
-
ma’no ko‘lamini tahlil qilish metodi. 
Gap bo‘laklari metodi tilshunoslik taraqqiyotining dastlabki 
davrlaridanoq amalda bo‘lgan . Bu metodga ko‘ra gaplar bo‘laklarga 
ajratiladi . Bunda so‘zning gapdagi vazifasiga asoslaniladi . Gap 
bo‘laklari tahlili quyidagicha amalgam oshiriladi .
1 . Gapning bosh bo‘laklari (ega va kesim ), ikkinchi darajali 
bo‘laklari (to‘ldiruvchi , aniqlovchi , hol )ajratiladi . 


Gap 
bo‘laklari 
vazifasida 
qaysi 
so‘z 
turkumi 
keltirilayotganligi aniqlanadi . 
3 . Gap bo‘lagi vazifasida kelayotgan so‘zlarning grammatik 
shakllari (morfologik kategoriyalar ) izohlanadi . 
Ushbu metod faqat sintaksis bo‘limda amal qiladi . Bu metodni 
qo‘llashdagi murakkabliklar deyarli barcha tillarda kuzatiladi . 
Tarixiy – qiyosiy metod qiyosiy – tarixiy tilshunoslik 
asoslanadigan birlamchi metod hisoblanadi .Bu metod dunyo 
tillarining rang – barangligi , ular o‘rtasidagi o‘xshash va farqli 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
169 
169
jihatlarni qiyoslash asnosida shakllandi . Ushbu metod quyidagi 
masalalarni hal etadi : 
1 . Tillarning o‘ziga xos xususiyatlarini va boshqa tillar bilan 
o‘xshash jihatlarini qiyoslash natijasida ularni qarindosh yki 
qarindosh emasligini aniqlash .
2 . Qarindosh deb topilgan tillarni o‘zaro qiyoslab o‘rganib , ular 
uchun umumiy bo‘lgan ginetik asosni aniqlash ; bu taxlit o‘rganishda 
retrospektiv qiyoslash usulidan foydalanish . Bunda tillarning hozirgi 
holatini qiyoslashdan tarixiy ko‘rinishlariga qarab boriladi . 
3 . Tillarning tadrijiy taraqqiyoti o‘rganiladi , ya’ni tilning hozirgi 
holatigacha bo‘lgan taraqqiyot yo‘lini qiyosan tahlil qilish mumkin . 
Bunday qiyoslash prospektiv qiyoslash deyiladi . Bunda tarixiy 
yozma yodgorliklar boshlang‘ich manba sifatida xizmat qiladi .
Bu usul yordamida tillar oilasi aniqlanadi . Masalan hind – 
yevropa tillari oilasi , turkiy tillar oilasi , mo‘g‘ul tillar oilasi va 
hokazo . Til oilalari ma’lum xususiyat – 
lariga ko‘ra ya’na guruhlarga ajratiladi . Jumladan , turkiy tillar 
o‘ttizga yaqin guruhga bo‘linadi .
Substitutsiya metodi , almashtirish usuliga asoslanadi . Nutqdagi 
ma’lum bir o‘rinda turgan til birliklari va boshqa muqobili bilan 
almashtirilib , hosil bo‘lgan uslubiy 
o‘zgarishlar tahlil qilinadi . Bu metod yordamida sinonim , 
antonym , omonim so‘z larning lug‘aviy ma’no tizimida tutgan o‘rni 
belgilanadi .
Distributiv metod til birliklarining nutq jarayonida boshqa bir 
birliklar bilan birika olish imkoniyatini tahlil etadi. Distributivsiyani 
“sintaktik imkoniyat “ sifatida izoh – 
lash mumkin . Masalan , biror so‘z , morfema , fonemaning 
boshqa so‘z , morfema, fonema bilan munosabatga kirish imkoniyati 
shu birliklarning distributsyasi deyiladi . 
Distributsiyaning morfologik, sintaktik va leksik – semantik 
turlari mavjud.


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
170 
170
Morfologik distributsiya bir turkumdagi so‘zning boshqa 
turkumdagi so‘z bilan munosabatga kira olishidir : sifat bilan ot , 
ravish bilan fe’l .
Tarkibiy qismlarga ajratish metodi har qanday butunlikni , 
xususan gapni hokim va tobelik munosabatida bo‘lgan qismlardan 
iborat sifatida tahlil etadi . Bu metod 
grammatik sathda : morfologiya va sintaksisda amal qiladi.
Transformatsion metod zamonaiy usullar ixhida eng mukammali 
hisoblanadi . 
Ushbu metod tildagi sintaktik jarayonni tushuntirish imkoniga 
egaligi bilan xarakterlidir .
Statistik tahlil tilning barcha sathlarida qo‘llanadi , shuning uchun 
universal hisoblanadi . Bu metod til birliklari va til hodisalarining 
nutqda ishlatilish darajasini aniq ko‘rsatib beradi . 
Ma’no ko‘lamini tahlil qilish metodi so‘zning lug‘aviy ma’no 
ko‘lamini alohida ma’no qirralariga ajratib tahlil etadi . Bu metod 
ko‘p ma’noli so‘zlarning ma’no 
ko‘lamini yoritishda ahamiyatlidir . 
Umuman , tilshunoslik sohasiga xos eng umumiy va xususiy 
qonuniyatlarni aniqlashda lingvistik metodlarning o‘rni beqiyosdir .

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin