Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
164
164
2. Ba’zan ko‘p nuqta so‘zlovchining fikr-mulohazasini o‘y -
tasavvurini, xohish-istagini bildiradi:
Uydagi ishlarning hammasini
o‘zi qilsa, o‘zi tartibga solib, o‘zi bezasa...
(A. M.)
Ko‘p nuqta, undov va so‘roq belgilari
so‘roq va his-hayajon
birgalikda, yaxlit ifodalanganda, so‘roq va undov gaplar tugallanmay
qolganda birgalikda qo‘llanadi. Ko‘p nuqta biror so‘z yoki gapning
tushirilganini ko‘rsatish uchun ham qo‘yiladi.
Vergul
o‘zbek yozuvida XX asrdan qo‘llana boshladi
Vergul
quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:
1.
Uyushiq bo‘laklar orasida:
Muhayyo, Lazokat, Xurshidalar
shu erga kelishadi
.
2.
Undalmalar vergul bilan ajratiladi:
Yaxshilik qil, bolam,
yomonlikni ot
(E. J.)
3.
Kirish so‘z, kirish birikma va sodda tuzilishdagi kirish gaplar
vergul bilan ajratiladi:
Albatta, maqsadga erishamiz. Tabibning
ta’biricha, tuzalmaydigan kasal yo‘q.
4.
Ha
va
yo‘q
so‘zlarini gap bo‘laklaridan ajratish uchun
qo‘yiladi:
-Ha, ertaga shahar tashqarisiga chiqamiz
.
5.
Undov so‘zlarni ajratish uchun ham vergul qo‘yiladi:
Ey,
go‘zal Farg‘ona, qadim maskanim!
6.
Ajratilgan bo‘laklarni ayirishda vergul ishlatiladi:
Biz,
o‘quvchilar, intizomli bo‘lishimiz kerak.
7.
Bog‘langan qo‘shma gaplarning ba’zilari, ergashgan qo‘shma
gaplar vergul bilan ajratiladi (va, ham, hamda, yoki bog‘lovchilari
ishtirok etsa, vergul qo‘yilmaydi).
Dostları ilə paylaş: