Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
36
36
mazmun ifodalash uchun xizmat qilmaydi. So‘zlarning ketma-ketligi
ma’lum tartib va umumiy qoidaga muvofiq bo‘lishi talab etiladi. Shu
holatning o‘ziyoq tilning tizim ekanligini ko‘rsatadi. Ma’lum bir tilga
xos tovushlar shu tilning fonetik tizimini, so‘zlar leksik tizimini
tashkil etadi. Bir tildan ikkinchi tilga o‘zlashgan so‘z shu tilning
fonetik tizimiga-talaffuz me’yorlariga bo‘ysunadi. Masalan: o‘zbek
tiliga rus tilidan kirgan ayrim so‘zlar o‘zbek tili talaffuz me’yorlariga
moslashadi:
чайник-choynak, поднос-patnis.
Aksincha o‘zbek tilidan
rus tiliga o‘zlashgan so‘zlar rus tilining talaffuz me’yorlariga
bo‘ysungan:
qorovul-караул, karvon-караван, bozor-базар.
Umuman, tilda tovushlar, lug‘at tarkibi, grammatik tartib birikib,
tizim sifatida bir butunlikni tashkil etadi. Til tizimini tashkil etuvchi
sathlar o‘zaro mutanosib holda bir-birini taqozo qiladi. Ular orasidagi
bog‘liqlik tilning umumiy qoyidalari va qonuniyatlariga asoslangan.
Dostları ilə paylaş: