Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

7-
§. 
TIL VA TAFAKKUR 
 
Tilshunoslik mantiq fani bilan ham uzviy aloqadordir. Ularning 
aloqadorlik tamoni shundaki, har ikkisi ham tafakkur bilan 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
41 
41
bog‘lanadi. Chunki tilshunoslikning o‘rganish obyekti bo‘lgan til 
tafakkur bilan munosabatdadir. Til kishilarning olam haqidagi 
bilimlarini, fikrlarini boshqalarga yetkazuvchi va shakllantiruvchi 
vositadir. Til va tafakkur o‘zaro dialektik munosabatda ekan, ularni 
o‘rganuvchi tilshunoslik bilan mantiq o‘rtasida ham ana shunday 
aloqalar mavjud. 
Mantiq – tafakkur shakllari qonunlari va usullarini o‘rganadi. U 
inson fikrining aniq, ravshan, ketma-ket va asosli bo‘lishini 
taminlaydi. Shunday ekan, mantiq tilshunoslikning grammatika 
bo‘limi bilan bevosita munosabatdadir. Chunki tushuncha so‘z va 
so‘z birikmalari orqali ifodalansa, fikr gap orqali ifodalanadi. Har bir 
kishi uchun grammatikani bilish qancha zarur bo‘lsa, mantiqning 
shakl va qonunlarini o‘zlashtirish ham shunchalik zarurdir. 
Mantiq shakllari tushuncha, xulosalar hamma xalqlar uchun 
umuniy bo‘lsa, ularning turli tillarda ifodalanish shakllari turli-
tumandir. Shuning uchun ham har bir til boshqasidan farq qiladigan 
o‘z grammatikasiga ega. Bu shuni ko‘rsatadiki, mantiq bilan 
grammatika bir-biri bilan bog‘liq, ular bir-birlarini to‘ldiradi.
Tilshunoslikni u yoki bu fanlar sinfiga kiritishda bu fan 
o‘rganadigan obyektining tabiati asos qilib olinadi. 
Til kishilarning eng muhim aloqa vositasi, bilimlarni saqlovchi 
va kelajak avlodga yetkazuvchi vositadir. Ana shu vazifalarini 
e’tiborga olganda, til-ijtimoiy hodisadir. Chunki u jamiyat uchun 
xizmat qiladi. Ikkinchidan ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan til 
muayyan fizik va fiziologik jarayonlar asosida moddiylashadi. 
Uchunchidan Til va tafakkur o‘zaro ajralmasdir. Til fikrni
shakllantiruvchi va ifodalovchi moddiy vositadir. Bu jihatdan til va 
tafakkur muayyan shaklni o‘zida namoyon etadi. Tilshunoslikni ana 
shu jihatdan mantiq, psixologiya fanlari tizimiga kiritish mumkin 
bo‘ladi. To‘rtinchidan til uzluksiz rivojlanib, takomillashib boruvchi 
hodisadir. Bu jihatdan u jonli organizmga o‘xshaydi. Ana shu 
xususiyatlarini o‘rganish jihatidan tilshunoslik biologiya fani bilan 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
42 
42
umumiy belgilarga ega ekanligini isbotlaydi. 
Kishilar odatda bir-birlari bilan til orqali munosabatda bo‘ladi. 
Demak, til va tafakkur chambarchas bog‘liq bo‘lib, tilsiz fikrni 
ifodalab bo‘lmaganidek, tafakkursiz til o‘z ifodasini shakllantira 
olmaydi. 
Fikr tilda voqelashadi, tilda mavjud bo‘ladi. Ongingizda paydo 
bo‘ladigan fikrning mohiyatini, mazmunini tashkil etadigan har 
qanday idrok yoki tasavvur ham faqat so‘zlar vositasi orqali voqe 
bo‘ladi. 
Til faqat kishilarga xos bo‘lganidek, tafakkur ham kishilarga xos 
bo‘lib, bosh miyaning moddiyligi va fiziologik vazifasi bilan 
bog‘liqdir. 
Lekin tafakkur bilan tilni aynan bir xil, bir-biriga o‘xshash narsa 
deb tushunish xatodir. Tafakkur – tashqi moddiy olamning kishilar 
miyasida aks etishining eng yuksak shaklidir. Til esa tafakkurni 
so‘zlar, so‘z birikmalari va jumlalar orqali ifolaydi. Til qonunlari 
bilan tafakkur qonunlari bir-biriga teng kelmaydi. Shuning uchun 
ham til grammatikaning o‘rganish obyekti hisoblansa, tafakkur 
mantiq ilmining o‘rganish ob’yektidir.
Til fikr ifodalashning muhim vositasidir. Taffakkur bilan tilning 
munosabati murakkab jarayondir. Til fikr ifodasi sifatida mavjud , 
o‘z navbatida fikr til asosida yuzaga keladigan murakkab jarayon. Til 
ham, tafakkur ham mehnat jarayonida, kishilik jamiyatida 
shakllangan .
Til birliklari - fonema , morfema, so‘z , gap bir butun holda , 
mantiqiy tushunchalar (his-sezgi , idrok , tafakkur ) bilan uzviy 
bog‘liqdir .

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin