Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
44
44
nutqda moddiy shakl olgan holatiga nutqiy birlik deyiladi. Demak,
har bir kishining miyasida lisoniy birliklarning ramzlaridan va
ulardan foydalanish qoidalaridan iborat boylik bor, har bir kishi
ehtiyojiga qarab bu boylikdan foydalanib nutq hosil qiladi. Inson tili
asosini tovush tashkil qiladi: tilda bor hodisalar tovushlarda
reallashadi. Tovush til birligi sifatida boshqa til birliklari uchun
qurilish birligi bo‘lib xizmat qiladi. Shunga ko‘ra til tovushi til
birliklarining birlamchi ifoda jihati deyiladi. Til tovushi lisoniy birlik
sifatida miyadagi til xotirasi markazida ma’lum bir ramz sifatida aks
etadi. Ana shu ramzda til tovushiga xos belgi-xususiyatlar haqida
axborot bo‘ladi. Masalan,
u
tovushi haqida ”ovozdan iborat ” , ”og‘iz
bo‘shlig‘i tor holatda”, ”tovush hosil bo‘lish oralig‘i til sathining
orqa qismida ”, ”lablar aktiv qatnashadi degan axborot bor. Inson
faoliyatini, shu jumladan til faoliyatini ham boshqaruvchi miya
markazidan
u
tovushini aytish haqida ”ko‘rsatma”(impuls) berilsa,
shu tovushning ramzida mujassamlashgan axborotga binoan tovush
hosil qilish a’zolari harakatga kelib, ko‘rsatmaga binoan ma’lum
holat egallaydi va o‘pkadan chiqayotgan havo ma’lum nutq tovushi
sifatida, nutqiy birlik sifatida namoyon bo‘ladi”.
Dostları ilə paylaş: