Muallifdan


-§ .  TILDAGI TARIXIY -FONETIK O‘ZGARISHLAR VA



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

15-§

TILDAGI TARIXIY -FONETIK O‘ZGARISHLAR VA 
FONETIK-FONOLOGIK QONUNIYATLAR
Til taraqqiyoti va rivoji ma’lum qonuniyatlar asosida yuzaga 
keladi.Til murakkab va ko‘p qirrali ijtimoiy hodisa bo‘lib,undagi 
birliklar barcha jihatdan uzviy bog‘langan.Ushbu birliklarga aloqador 
qonuniyatlar ham o‘zaro bog‘liq hisoblanadi.Tildagi tarixiy fonetik 
o‘zgarishlar ma’lum tarixiy fonetik qonuniyatlar asosida ro‘y 
beradi.Fonetik – fonologik o‘zgarishlar tilning ichki qonuniyatlari 
bilan bog‘liq hodisadir.Tildagi tarixiy- fonetik o‘zgarishlarni 
o‘rganuvchi qiyosiy-tarixiy tilshunoslik sohasi qiyosiy-tarixiy 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
79 
79
fonetikadir.Qardosh tillardagi(slavyan,german, roman tillari, turkiy 
tillar)tarixiy fonetik o‘zgarishlar natijasida so‘zlardagi etimologik va 
geneologik, ya’ni kelib chiqish jihatdan o‘xshashlik va farqli 
tomonlarini qiyosiy –fonetika aniqlab beradi. Qardosh va qardosh 
bo‘lmagan tillardagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni tahlil qilish 
natijasida tipologik, qiyosiy –tipologik fonetika, fonologiya sohalari 
shakllandi.
Til taraqqiyotidagi fonetik o‘zgarishlarni tahlil etuvchi fonetik-
fonologik qonuniyatlar quyidagilar: 
1. Umumiy fonetik qonuniyatlar barcha tillarga xos umumiy 
holdagi tartib va qoidalarni tilning boshqa qonuniyatlari bilan 
bog‘liqlikda aks ettiradi. Masalan, singarmonizm(tovushlarning 
uyg‘unlashuvi) turkiy tillarga xos umumiy fonetik qonuniyatdir. 
2. Xususiy fonetik qonuniyatlar muayyan til uchun xos bo‘lgan 
qonuniyatlarni ifodalaydi.Masalan, turkiy tillarga mansub o‘zbek 
tilining keyingi taraqqiyotidagi ichki o‘zgarishlar hamda yondosh 
tillar ta’sirida yuzaga kelgan hodisalar shu tilning o‘ziga xos 
rivojlanish omillari bilan bog‘liqdir. 
Fonetik qonuniyatlar davriy nuqtayi nazardan ikkiga bo‘linadi. 
1) tarixiy fonetik qonuniyatlar tillar yoki muayyan bir tilning 
tarixiy taraqqiyotida yuzaga kelgan tarixiy-fonologik o‘zgarishlarni 
o‘z ichiga oladi.Til tarixining tarixiy tovush o‘zgarishlarini 
o‘rganuvchi bo‘limi tarixiy fonetika va fonologiya deb yuritiladi. 
2)davriy fonetik qonuniyatlar muayyan til doirasida hozirgi 
davrda sodir bo‘layotgan fonetik o‘zgarishlarni izohlaydi. 
Tarixiy-fonetik va fonologik o‘zgarishlar turli murakkab 
jarayonlarni o‘z ichiga oladi.Fonetik va fonologik o‘zgarishlar 
natijasida tildagi fonemalar soni kamayishi yoki ko‘payishi mumkin, 
bunda ikki hodisa ro‘y beradi. 
1.Ikki fonemaning yaxlit bir fonema sifatida birlashishi 
konvergensiya deyiladi. O‘zbek tili tarixida ma’lum bo‘lgan til oldi 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
80 
80
va til orqa, qisqa va cho‘ziq fonemalar keyinchalik birlashib, o‘rta 
cho‘ziqlikka ega bo‘lgan 6 ta unli fonemani hosil qilgan. 
2.Bir fonemaning ikki mustaqil fonemaga ajralishi divergensiya 
deyiladi. Masalan, qadimgi turkiy tilda bitta a fonemasi keyinchalik 
ikki fonemaga ajralgan: a va o. 
Fonetik qonuniyatlarga tovushlarning kombinator va pozitsion 
o‘zgarishlari ham kiradi. 
Umuman, fonetik qonuniyatlarni boshqa yondosh hodisalar 
ta’sirida o‘rganish tilshunoslik fani uchun ilmiy qiymatga ega. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin