Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
84
84
19. s undoshi so‘z boshida, so‘z oxirida, old qo‘shimchadan
keyin, undoshdan keyin kelsa S yoziladi: sirk, shpris, antisiklon,
kvars, konsert;
s undoshi unlidan keyin kelsa ts yoziladi: militsiya, litsey.
20. Rus tili orqali o‘zlashgan ayrim so‘zlarning yozilishi
quyidagicha: oktabr, sentabr, budjet, lustra, flaga, dirijor, schotchik,
uchot, aluminiy, bo‘ks, molekular, yubilar.
21. ь belgisi yozilmaydi: palto, albom, yanvar; -o, -i dan oldin
kelsa u yoziladi: батальон- batalyon, Ильин-ilyin.
22. ’ belgisi o‘rnida asosan ’_(tutuq belgisi, apostrof) qo‘yiladi:
ma’no, da’vo, san’at.
‘ (tutuq belgisi) unlidan keyin kelsa, shu unlini cho‘ziqroq
talaffuz etishga, ta’kidlashga xizmat qiladi: ma’rifat, na’matak.
‘( tutuq belgisi ) undoshdan so‘ng kelsa, o‘zidan keyingi
bo‘g‘inni ajratishga xizmat qiladi: sur’at, mas’uliyat, mas’ud, san’at.
‘( tutuq belgisi ) S va hni Sh harf birikmasidan farqlash uchun
ham ishlatiladi: as’hob ,Is’hoq.
Rus tilidan va rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarda ‘ belgisi
yozilmaydi: razyezd, podyezd.
23. Ruscha щ harfi o‘rniga o‘zbek kirill alifbosida sh yoki shch
harflari yozilar edi, o‘zbek lotin alifbosida sh yoziladi (faqat
meshshan so‘zida ikkita sh yoziladi): obshina, yamshik.
1989 yil 21 oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.
1995 yil dekabrda bu qonun qayta ko‘rilib, uning yangi tahriri
tasdiqlandi.
Kirill alifbosi asosidagi o‘zbek alfavitiga o‘zbek tiliga xos bo‘lgan
4 ta harf (tovush) qo‘shilgan: o‘, q, g‘, h. Bu tovushlar lotin
alifbosida ham o‘z ifodasini topgan.
Dostları ilə paylaş: