Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
87
87
Piktografik yozuvning takomillashib borishi natijasida
ideografik
(grekcha “idea-tushuncha”,”grafo-yozaman”) yozuv paydo bo‘ldi.
Yozuvning bu turi
logografik yozuv
deb ham yuritiladi. (“logos-
so‘z”, “grafo- yozaman”). Negaki, bunday yozuvdagi ramzlar narsa-
buyumlarni aks ettirib qolmay, tildagi so‘zlarni ham ifodalaydi.
Ushbu yozuvda ma’lumot ma’nosini
shakllar bilan aks ettirish
qiyin bo‘lgan logogrammalar orqali yetkaziladi.
Logografik yozuvning piktografik yozuvdan quyidagi afzalliklari
bor.
a) logografik yozuv xabar qilinishi lozim bo‘lgan mazmunni
ancha mufassal aks ettiradi.
b)piktografik yozuvda so‘z tartibi va so‘zshakllari noaniq,
logografik yozuvda esa aniq bo‘ladi.
v)piktografik yozuvda subyektivlikka, ixtiyoriylikka yo‘l
qo‘yiladi, logografik yozuv esa barqaror
logogrammalardan tashkil
topgan.
Logografik yozuvning bir oz mukammallashgan shakli
ieroglifik
yozuv
dir. Ieroglif grekcha “ierogliv” so‘zidan olingan bo‘lib,
“muqaddas yozuv “ degan tushunchani anglatadi. Bu yozuvdan
qadimgi Arabistonda keng foydalanilgan. Ushbu yozuvlar ifoda
etilayotgan narsa-buyum xususiyatlarini imkon qadar aks ettiradi.
Ieroglifik yozuv mavhum tushunchalarni ifodalay olishi bilan o‘zidan
oldingi yozuvlardan farqlanadi.
Yozuvning yuqorida qayd etilgan turlari ancha murakkab. Ularda
fikr va ma’lumot ifodalash imkoniyati juda tor.
Shuning natijasi
o‘laroq, yozuvni oson, qulay shaklga keltirish ehtiyoji tug‘uladi.
Yozuvni soddalashtirish quyidagi yo‘llar orqali amalgam oshirildi. 1.
Tushunchani yangi shakllar bilan berish o‘rniga, mavjud
logogrammalar yoki ierogliflar majmuasi orqali ifodash.
2. Logografik yozuvni soddalashtirishning ikkinchi yo‘li
so‘zlarning
grammatik
shakllariga
taalluqlidir.
Masalan,
logogrammalarni o‘zak
sifatida qoldirib, grammatik ma’nolar uchun
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
88
88
yangi logogrammalar o‘ylab topish, ularni o‘zak
logogrammalar
ma’nosiga qarab qo‘shish. 3. Yozuvni soddalashtirishning eng
unumli va ma’qul usuli fonografik yozuvga o‘tish edi. Bunday yozuv
tilning grammatik qurilishini ifodalab qolmay,
uning fonetik
tuzilishini, ya’ni so‘zning tovush tarkibini ham aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: