Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
122
122
in,-un:
ekin, yig‘in, yog‘in, tugun, bo‘g‘in, quyun (quy-un).
mak,-moq:
emak, chertmak, topishmoq, quymoq, chaqmoq,
ilmoq.
dak,-doq:
kekir-dak, yugur-dak, qovur-doq, qo‘ndoq.
ildoq:
shaqildoq, chirildoq, shilpildoq, xiqildoq.
sh:
uylanish,
qurilish, o‘pirilish, yig‘ilish; o‘tirish.
it,-at:
chiq-it, qur-it, ko‘ch-at.
chiq:
yopin-chiq, suyan-chiq:
diq:
xordiq, qoldiq, topildiq.
a:
quyq-a, jizz-a, qahqah-a, sharshar-a, do‘mbir-a, dag‘dag‘-a.
ak;
xurr-ak, qars-ak, varr-ak, bizbiz-ak, dardar-ak.
So‘zlarni qo‘shib ot yasash
So‘zlarni qo‘shish yoki ularni qisqartib qo‘shish bilan qo‘shma
otlar yasaladi. Qo‘shma otlarning tarkibi quyidagicha bo‘ladi:
1.
Ot bilan otdan: otquloq, qo‘larra.
2.
Sifat bilan otdan: ko‘ksulton
3.
Ot bilan sifatdan: gulbeor
4.
Son bilan otdan: mingoyoq
5.
Ot bilan fe’ldan: o‘rinbosar
Quyidagi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi:
a) qismlari turdosh otlardan iborat bo‘lib, bir urg‘u
bilan
aytiladigan narsa-buyum nomlari ( gulko‘rpa, o‘qilon, tutmayiz,
oshqozon, oshko‘k);
c)
ot bilan -ar qo‘shimchali fe’ldan yasalgan qo‘shma otlar (
beshiktebratar, otboqar);
v) ikkinchi qismi turdosh ot bo‘lgan joy nomlari (Yangiyo‘l).
Ikkinchi qismi e, yo, yu, ya harfi bilan boshlangan qo‘shma otlar
ajratib yoziladi:
er yong‘oq, eshak emi, qozon yuvg‘ich.
Juft otlar
quyidagicha hosil qilinadi:
a) bir-biriga yaqin ma’noli so‘zlardan:
uy-joy, oyoq-qo‘l, daftar-
kitob;
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
123
123
b) sinonim so‘zlardan;
kuch-quvvat, oziq-ovqat, baxt-saodat, or-
nomus;.
v) antonimlardan:
yosh-qari, ost-ust.
Takror otlar:
kosa-kosa
. Tildagi
choy-poy, bug‘doy-mug‘doy,
osh- posh, ot- pot
kabi so‘zlar ham takror hisoblanadi.
Otlar qisqartirish yo‘li bilan ham hosil qilinadi. Qisqartirish orqali
ot yasalishi
abbreviatsiya usuli
deyiladi: SamDU, BMT, MDH, ATS,
GES, filfak, avtomashina, dramteatr, texnikum.
Dostları ilə paylaş: