Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Sonlarning otlashuvi.
Sonlar otlashib, otlar bajaradigan sintaktik 
vazifalarni bajaradi. 
Ikkinchisini olib chiqishdi. Birniki-mingga, 
mingniki-tumanga. 
Taqsim son egalik, kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini olmaydi. 
Dona, taqsim sonlar ko‘plik qo‘shimchalarini olmaydi. 
Nutqimizda 23 ta tub son bor (0-9, 10-1000, million, milliard). 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
128 
128
Hisob so‘zlari (numerativlar) 
 
Hisob so‘zlari narsa-buyumning aniq miqdorini ko‘rsatmay, shu 
narsani hisoblashda uning qaysi guruhga oidligini aniqlash uchun 
ishlatiladi. 
Hisob so‘zlari asosan ot turkumidagi so‘zlardan iborat bo‘ladi: 
dona, nusxa, tup.
Qadimda ishlatilgan hisob so‘zlari:
qadoq, jon, tanob, gaz, 
savjin, paysa, taxta, enlik, so‘lkavoy, tosh, pud, mahal (vaqt), 
yumaloq. 
Keyingi davrlarda kirib kelgan (boshqa tillardan) hisob 
so‘zlari
: mehnat kuni, gektar, kubometr, kilovatt-soat, sotix, pachka, 
metr, kilo minut, gradus, sentr, par, ekzemplyar. 
O‘zbek tilidagi hisob so‘zlari qo‘llanishiga ko‘ra quyidagi 
turlarga bo‘linadi:
1. Predmetlarni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan so‘zlar: 
dona, nusxa, bosh, tub, nafar.
2. Butunning, guruhning yoki to‘daning qismini hisoblash uchun 
ishlatiladigan so‘zlar: 
burda, parcha, varaq (sahifa), og‘iz, luqma, 
siqim, tilim, (karch), chimdim, qultum, tomchi, qatra, chaqmoq, 
nimta, to‘g‘ram, poy, bo‘lak, shingil

3. To‘dalar, guruhlarni ko‘rsatuvchi hisob so‘zlari:
gala, to‘p, 
guruh, to‘da, dasta, bog‘ (bog‘lam), quchoq, shoda, nafar, gruppa, 
hovuch. 
4. Juft narsa-buyumlar hisobini ko‘rsatuvchi so‘zlar:
 juft, par (a).
5. Og‘irlikni o‘lchash uchun ishlatiladigan hisob so‘zlari: 
gramm, 
kilogramm, metr, pud, sentr, tonna, misqol, qadoq, botmon. 
Hisob so‘zi vazifasini bajaruvchi so‘zlar miqdor o‘lchovini 
ifodalash uchun ishlatiladi: 
piyola, qoshiq, kosa, choynak, qop 
(xalta), quti, chamadon.


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
129 
129
6. Uzunlik o‘lchovi uchun ishlatiladigan hisob so‘zlari: 
quloch, 
qadam, qarich. 
7. Yosh hisobi uchun qo‘llanadigan so‘zlar:
yosh, yashar, 
yoshdagi, yoshli.
8. Vaqt o‘lchovi uchun ishlatiladigan so‘zlar: 
asr, yil, oy, hafta. 
9. Qiymat (pul) hisobi uchun ishlatiladigan so‘zlar: 
so‘m, tiyin, 
tanga, chaqa, tilla.
Sonlarning hisob so‘zlari bilan birgalikda qo‘llanishi o‘zbek tili 
tabiatiga xos jihatlardan biridir. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin