Olmosh
Ot, sifat, son, ravish o‘rnida qo‘llanib, ularni ko‘rsatishga xizmat
qiluvchi va ularning vazifasini bajaruvchi so‘z turkumi
olmosh
deyiladi. Olmoshlar narsani, uning belgisi va miqdorini anglatmaydi,
balki faqat ularni ko‘rsatish, ularga ishora qilish uchun xizmat
qiladi.Olmosh quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Olmoshda yasalish yo‘q, ya’ni olmosh yasalmaydi. Ammo
olmoshlardan sanoqli affikslar orqali ot, ravish, fe’l yasalishi
mumkin:
kamlik, manmanlik, sensiramoq, mensimoq (mensimaslik),
shunday.
2. Olmoshlar ba’zi so‘zlarga qo‘shilib, boshqa so‘z turkumiga
ko‘chishi mumkin:
qaerda, ozmuncha, o‘zboshimcha, manmanlik
qilmoq.
3. Olmoshlar otlarga xos so‘z o‘zgartiruvchilar bilan o‘zgaradi,
ya’ni olmoshlar turlanadi. Olmoshlar kelishik affikslarini oladi va
ular belgili qo‘llanadi.
4.
I,
III
shaxs
kelishik
olmoshlari
egalik
affiksini
(qo‘shimchasini) olmaydi.
Unisi, shunisi, qaysisi
olmoshlari tarkibida ikkitadan egalik
qo‘shimchasi mavjud.
5. Olmoshlar gapda bajargan vazifasiga ko‘ra to‘rt xil bo‘ladi:
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
130
130
a)
ot xarakteridagi olmoshlar
(ot o‘rnida qo‘llanuvchi
olmoshlar): men, sen, biz, siz, ular, kim, nima, hech kim, hech nima,
allakim, kimdir;
b)
sifat xarakteridagi olmoshlar
: qanday, qaysi, bu, shu, shunday,
ba’zi, butun, qancha, hech qanday,hech qaysi, allaqaysi, allaqanday;
v)
son xarakteridagi olmoshlar
: necha, nechanchi, qancha,
shuncha, o‘shancha;
g)
ravish xarakteridagi olmoshlar
: nega, qalay, qani, hech
qachon, qachon.
Olmosh gapda ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi bo‘lib keladi. Kishilik
olmoshlari, o‘zlik olmoshlari kelishik qo‘shimchalarini oladi.
Kishilik va ko‘rsatish olmoshlari juft holda ham keladi. Ko‘rsatish,
so‘roq, o‘zlik, belgilash olmoshlari takror holda ham qo‘llanadi.
6. Olmoshlar tuzilishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: sodda va qo‘shma
olmoshlar.
Sodda olmosh
lar bir o‘zakdan tuzilib, tub yoki yasama bo‘ladi:
men, sen, u , biz, o‘sha, bunday, shunday.
Yasovchi qo‘shimchani
olgan olmoshlar boshqa turkumga ko‘chadi:
o‘z-o‘zicha (ravish),
sizsiramoq (fe’l).
Qo‘shma olmosh
lar birdan ortiq o‘zakning birikishidan hosil
bo‘ladi:
a) olmosh-boshqa turkumdagi so‘z: mana bu, mana shu, qay vaqt,
ana shu, allaqaysi:
b) olmosh-olmosh: har kim, har qanday, har nima, hech kim,
hech qaysi.
Olmoshlar takrorlanib, juftlanib kelganda ko‘proq boshqa
turkumga-ravishga (o‘zidan-o‘zi, o‘sha-o‘sha), fe’lga (sansanlamoq)
ko‘chadi.
Boshqa
turkumga
oid
so‘zlarning
olmoshga
ko‘chishi
pronominalizatsiya
deyiladi
.
Masalan
, odam, kishi, inson, nafas, ish
kabi otlar ba’zi, boshqa, ayrim, tubandagi, quyidagi
kabi sifatlar,
bir
soni olmoshga yaqinlashadi. Ko‘nglimni so‘ragani bir inson
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
131
131
topilmadi (hech kim). Sizni bir odam chaqiryapti (kimdir). Odam
ketgisi kelyapti (men). Shularni ko‘rib, diling yayraydi kishi (men).
Dostları ilə paylaş: |