Mustaqil fe’llar mustaqil, lug‘aviy ma’no bildiradi, gapning
biror bo‘lagi vazifasida keladi: keldi, aytdi, o‘qidi.
2. Yordamchi fe’llar harakat bildirmaydi (mustaqil ma’noga ega
emas). Ular turli grammatik ma’no ifodalash uchun xizmat qiladi.
Yordamchi fe’llar uch xil:
a) bog‘lama vazifasida keluvchi, so‘z yasalishida ham ishtirok
etuvchi yordamchi fe’llar:
bo‘l, qil, ayla, et ;
b) fe’llarga birikib, turli qo‘shimcha ma’no ifodalovchi fe’llar
yoki ko‘makchi fe’llar:
o‘qib, chiqmoq, aytib bermoq . Ko‘makchi
fe’llar turli modal ma’nolarni ifodalaydi. Hozirgi o‘zbek tilida
butunlay ko‘makchiga aylangan (mustaqil ma’nosini yo‘qotib, faqat
ko‘makchi sifatida qo‘llanadigan) fe’l yo‘q. Mustaqil fe’llar
ko‘makchi vazifasida ham qo‘llanadi. Ko‘makchi fe’l bog‘lanib
kelgan fe’l etakchi fe’l deyiladi: gapirib (etakchi) bermoq
(ko‘makchi). Ko‘makchi fe’llar etakchi fe’lga asosan
-i (b),-a,-y ravishdosh qo‘shimchalari yordamida birikadi. Ko‘makchi fe’l
etakchi fe’lga ravishdosh orqali birikkanda, tuslovchi qo‘shimchalar
ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi:
yozib oldik . Etakchi fe’lga ko‘makchi
fe’l grammatik shaklsiz (qo‘shimchasiz) birikishi ham mumkin:
yozdi-oldi, aytdi-qo‘ydi .
Boshla ko‘makchi fe’li deyarli barcha fe’llar bilan qo‘llana oladi.
v) fe’l va fe’l bo‘lmagan so‘zlar bilan qo‘llanib, turli ma’nolar
ifodalovchi, yordamchi vazifalarda qo‘llanuvchi
edi, ekan, emish (emas, esa) yordamchi fe’llari
to‘liqsiz fe’l hisoblanadi.
Fe’llar
o‘timli va
o‘timsiz bo‘ladi. O‘timli (ob’ektli) fe’llar ish-
harakatning biror ob’ektga o‘tganligini bildiradi va tushum
kelishigidagi so‘zni boshqaradi: ber (qalamni), o‘rgan (hunarni), yoz
(qoidani). O‘timsiz (ob’ektsiz) fe’llar bunday xususiyatga ega
bo‘lmaydi:
kul, yugur, qayt. Orttirma nisbat qo‘shimchalari o‘timsiz
fe’lni o‘timli fe’lga aylantiradi:
kuldir, yugurtir, qaytar.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
135
135