Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
138
138
nisbatini hosil qiladi. Shunga qaramay rivojlanmoq, og‘irlashmoq
fe’llari bosh (aniq) nisbatda, deb qaraladi.
-(a)r
; sifatdan fe’l yasaydi; ko‘karmoq, yoshar.
-(a)y;
sifat, ravish, otdan fe’l yasaydi; kengaymoq, ko‘paymoq,
qoraymoq, kuchaymoq.
-a;
ot, sifatdan fe’l yasaydi; sanamoq, o‘ynamoq, oshamoq,
qonamoq, atamoq, qiynamoq.
-sira;
ot va olmoshdan fe’l yasaydi; suvsiramoq, uyqusiramoq,
sensiramoq, yotsiramoq.
-k(-ik), -q(-iq)
; kechikmoq, birikmoq, zo‘riqmoq.
-ira
yaltiramoq, qaltiramoq, miltiramoq, yarqira.
-i
ot va sifatdan fe’l yasaydi; changimoq, boyimoq, tinchimoq. 2.
Kompozitsiya
usuli bilan qo‘shma fe’llar yasaladi. Qo‘shma fe’llar
qismlari qaysi so‘z turkumlaridan iboratligiga ko‘ra ikki xil yo‘l bilan
hosil bo‘ladi: a) fe’l bo‘lmagan so‘zning fe’l bilan birikuvidan:
taklif
qilmoq, qarshi olmoq, bayon bermoq.
b) birdan ortiq yetakchi fe’lning birikuvidan:
sotib olmoq, olib
kelmoq.
Ravish
Ish-harakatning,
holatning
belgisini,
belgining
belgisini
bildiruvchi so‘z turkumi
ravish
deyiladi. Ravish morfologik jihatdan
o‘zgarmas bo‘lib, asosan fe’llarga bog‘lanib keladi, hol vazifasini
bajaradi.
I.
Dostları ilə paylaş: