Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
148
148
So‘zlar vositasida anglatilgan fikr
gap
deyiladi.
Muomala
vositasining eng kichik birligi gap hisoblanadi. Gap nisbiy
tugallangan fikrni bildiradi. Gap quyidagi xususiyatlarga ega:
1.
Gap muomala vositasining
eng kichik, asosiy birligidir.
2.
Nisbiy tugallangan fikrni ifodalaydi.
3.
Grammatik shakllangan bo‘ladi (bosh va ikkinchi darajali
bo‘laklardan iborat).
4.
Tugallangan ohang bilan aytiladi.
Gap quyidagicha tasniflanadi.
I.
Ifoda maqsadiga ko‘ra
quyidagi turlarga bo‘linadi: darak gap,
so‘roq gap, buyruq gap.
1.
Darak gap
xabar, darak mazmunini bildiradi.
Yozuvda darak gapning oxiriga nuqta qo‘yiladi:
Majlislar zaliga
talabalar yig‘ilishdi.
2.
So‘roq gap
so‘zlovchi o‘zi bayon qilgan fikriga
suhbatdoshining munosabatini bilishga qaratilgan bo‘ladi. So‘roq
gaplar
quyidagicha shakllanadi; a) so‘roq olmoshlari yordamida:
O‘sha vaqtda necha yoshda eding? b) -mi, -chi, -a, -ya (so‘roq
yuklamalari) ishtirokida: Manzura kelmadimi? v) so‘roq ohangi
yordami bilan; -Uyga mehmon keldi. -Mehmon keldi?
So‘roq gaplar asosan dialoglarda (birdan ortiq kishining o‘zaro
muloqotida) qo‘llanadi. So‘roq gapning oxiriga so‘roq
belgisi
qo‘yiladi. So‘roq gaplarning ba’zi ko‘rinishlari javob talab qilmaydi;
bunday gaplarning o‘zida yashirin tarzda javobi bo‘ladi. Bunday
so‘roq
gaplar
ritorik so‘roq gaplar
deyiladi. Ritorik so‘roq gaplar
mazmuniga ko‘ra ikki xil:
a) tasdiq mazmunidagi ritorik so‘roq gaplar.
Bunday gaplarning
berilishi inkor shaklida bo‘ladi: Onani kim sevmaydi? (Onani hamma
sevadi);
b) inkor mazmunidagi ritorik so‘roq gaplar. Bunday gaplar tasdiq
shaklida bo‘ladi: Tinch uyda janjal bo‘lishini kim istaydi? (Tinch
uyda janjal bo‘lishini hech kim istamaydi).
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
149
149
3.
Buyruq gap
buyruq, undash, taklif, maslahat, chaqiriq, iltimos,
yalinish mazmunida bo‘ladi: Yomon kunga qo‘yma, o‘rtoqjon,
Toki yig‘ib olayin darmon.
Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot.
Buyruq gaplarniing kesimi asosan buyruq maylidagi fe’l
bilan
ifodalanadi. Buyruq gaplarning oxiriga ko‘pincha undov, ba’zan
nuqta qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: