Muallifdan


Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari 
( to‘ldiruvchi, aniqlovchi, 
hol) bosh bo‘laklarga tobe bo‘lib, ularni to‘ldirib, aniqlab, izohlab 
keladi. 
Gapdagi biror bo‘lakni to‘ldirib, unga boshqaruv yo‘li bilan 
bog‘langan bo‘lak 
to‘ldiruvchi
deyiladi.To‘ldiruvchi asosan kesimga 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
152 
152
bog‘lanadi. To‘ldiruvchi ikki xil bo‘ladi:1. Vositasiz to‘ldiruvchi. 2. 
Vositali to‘ldiruvchi. 
Vositasiz to‘ldiruvchi tushum kelishigidagi so‘z bilan ifodalanib
kimni?, nimani?, qaerni? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Vositasiz 
to‘ldiruvchi ish-harakatga aloqador bo‘lgan narsa-buyum, kimsani 
bildiradi (ish-harakatni to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tgan narsa-buyum yoki 
kimsani bildiradi). Kechagi yig‘inda Abdullani ko‘rdim. To‘ldiruvchi 
turdosh ot bilan ifodalanganda kelishik qo‘shimchasi ba’zan tushib 
qoladi. Talabalar paxta terishdi. 
Vositali to‘ldiruvchi jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi 
qo‘shimchalarini olib, kimga?, nimaga?, kimdan?, nimadan?, 
kimda?, nimada?; ko‘makchilar bilan kelib, kim bilan?, nima bilan?, 
kim haqda?, nima haqda? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Farzandidan 
umidi katta edi. Yaxshiga yondash, yomondan qoch.Do‘stlik haqida 
insho yozdik. 
Gapdagi biror bo‘lakning belgisini yoki bir narsa-buyumning 
boshqasiga qarashli ekanligini bildirgan bo‘lak 
ani
q
lovchi
deyiladi: 
Qattiq sovuq, mayda qor yog‘ib turgan edi.( A.Q), Qalandarovning 
hovlisi kattagina ekan.(A.Q.). 
Aniqlovchi ikki xil bo‘ladi: 1. Sifatlovchi-aniqlovchi. 2.Qaratqich 
aniqlovchi. 
Sifatlovchi-aniqlovchi qanday? qaysi? qancha? nechanchi? 
necha? qaerdagi? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Sifatlovchi tomonidan 
aniqlangan bo‘lak 
sifatlanmish
deyiladi: qizil olma. Sifatlovchi va 
sifatlanmish bitishuv yo‘li bilan bog‘lanadi: Notanish kishi boshini 
ko‘tarib unga qaradi. (S. A.). 
Ba’zan sifatlovchi birikma holida kelishi mumkin: Erta bahorda 
sepilgan bug‘doy ham maysa bo‘ldi. 
Erta bahorda sepilgan
sifatdoshli birikmasi sifatlovchi vazifasida kelgan. 
Qaratqich-aniqlovchi kimning? nimaning? qaerning? so‘roqlariga 
javob bo‘ladi. Qaratqich tomonidan aniqlangan bo‘lak 
qaralmish
deyiladi. qaralmish qaratqich bilan moslashuv yo‘li orqali birikadi. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
153 
153
Uyning ichi bo‘m-bo‘sh edi. Qaratqich ba’zan belgisiz(kelishik 
qo‘shimchasisiz) kelishi mumkin: maktab kutubxonasi. Qaratqich-
aniqlovchi qo‘llanmasligi ham mumkin: Bizning maqsadimiz 
ulug‘dir.
 Maqsadimiz ulug‘dir.
 Izohlovchi 
aniqlovchining bir ko‘rinishi bo‘lib, bunda izohlovchi 
ot boshqa bir otni izohlaydi. Ya’ni izohlovchi ot bilan ifodalanadi. 
Izohlovchi izohlagan ot 
izohlanmish
deyiladi.
Izohlovchi-izohlanmish ko‘pincha chiziqcha bilan yoziladi: 
mexanik-haydovchi, 
xipchin-soch,ona-Vatan. 
Ayrim 
hollarda 
chiziqcha qo‘yilmaydi: shifokor Muslimov, ”Turkiston” gazetasi,” 
«Farhod va Shirin” dostoni. Bunday izohlovchi shaxs oti bilan 
ifodalansa, qo‘shtirnoqqa olinmay, 
nomidagi, nomli
so‘zlari bilan 
birga qo‘llanadi: Oybek nomidagi jamoa xo‘jaligi. 
Kesimga bog‘lanib, uning belgisini bildirgan bo‘lak 
hol 
deyiladi. Hol ma’nosiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi. 
1.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin