Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
151
151
b) yo‘q, bor, oz,ko‘p, zarur, lozim, kerak
kabi so‘zlar
hamda
bo‘lmoq fe’li yoki to‘liqsiz fe’ldan iborat bo‘ladi: Sharpa bir zumda
yo‘q bo‘ldi. Suyanadigan hech kimi yo‘q edi.
v) Harakat nomi hamda kerak, zarur kabi so‘zlardan
iborat
bo‘ladi: O‘quvchi intizomli bo‘lishi kerak.
Ot-kesimlar
tarkibida
bog‘lama
ishtirok etadi. Fe’l bo‘lmagan
kesimni ega bilan bog‘lashda ishtirok etuvchi so‘zlar
bog‘lama
deyiladi.
Bo‘l, qil, edi, ekan, emish, -dir
( kesimlik qo‘shimchasi)
bog‘lama deyiladi. Birovlarni qarg‘ash yoki so‘kish gunohdir. Odam
mehnat bilan odam bo‘ladi. ( odamdir). Sanamoq, hisoblamoq
so‘zlari ham ba’zan bog‘lama sifatida qo‘llanadi:
O‘g‘lim a’lochi hisoblanadi. 8
dekabr Konstitutsiya kuni
hisoblanadi.
Ega va kesim shaxsda hamma vaqt o‘zaro mos bo‘ladi. Juda kam
hollarda “ Shularni ko‘rib hayron qolasan kishi” tarzidagi ega va
kesim shaxsda moslashmagan gaplar uchraydi: ega (kishi) III
shaxsda, kesim esa II shaxsda.
Fe’l - kesim I va II shaxsda ega
bilan hamma vaqt sonda mos
bo‘ladi: men bordim, biz keldik. Fe’l kesim
III shaxsdagi ega bilan
hamma vaqt sonda moslashavermaydi:
a) shaxsni bildirgan lll shaxsdagi ega bilan fe’l-kesim sonda mos
bo‘ladi: Nodir o‘rnidan turdi.Dehqonlar chigit ekdilar.
b) ko‘plikdagi ega shaxs ( kimsa) ni emas, jonsiz voqelikni,
narsa-buyumni
bildirsa, fe’l-kesim ega bilan sonda moslashmaydi:
O‘t-o‘lanlar bahor kelishi bilan ko‘karadi;
v) ot-kesim ko‘pincha ko‘plikdagi ega bilan moslashmaydi:
Majlisda Nazira aya, Salima opa va Alijon akalar bor edi.
Dostları ilə paylaş: