Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
137
137
Kelasi zamon sifatdoshi: kutadigan kishi.
-ajak,-gusi, -g‘usi qo‘shimchali sifatdoshlar qadimiy hisoblanadi.
Sifatdosh otlashadi:
Bilgan bilmagan ishlar, bilmagan barmog‘in
tishlar
.
Sifatdoshning bo‘lishsiz shakli: -mas.
Aytar so‘zni ayt, aytmas
so‘zdan qayt
.
3)
ravishdosh
fe’lning ravishga yondosh shakli. Ish-
harakatning
belgisini bildirgan fe’l shakli
ravishdosh
deyiladi.
Ravishdosh qo‘shimchalari; -(i)b, -a,-y,-gach(-kach,-qach),
guncha(-kuncha,-quncha);
ko‘rib,
yoza
olmoq,
kelgach,
borguncha.
–a, -y, -b(ib) yakka yoki takror holda qo‘llanadi; o‘ynab-o‘ynab,
ayta-ayta, o‘ynay-o‘ynay. -b(-ib), -a, -y qo‘shimchali ravishdoshlar
tuslanadi, ya’ni shaxs-son qo‘shimchalarini oladi: yuboribdi,
kutaman, o‘qiyman. -gani(-kani,-qani), -gali, -guncha(-kuncha,
quncha),-gach(-kach,-qach) qo‘shimchali ravishdoshlar tuslanmaydi.
-i(b) qo‘shimchali ravishdoshning bo‘lishsiz shakli-may,(-masdan)
orqali hosil qilinadi. She’riyatda-mayin shakli ham uchraydi:
Qanotini qush qoqmayin uyg‘onar el polvonlari.
-gani orqali maqsad ravishdoshi yasaladi: Ko‘rgani keldim.
Maqsad ravishdoshining bo‘lishsiz shakli yo‘q.
Dostları ilə paylaş: