Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Olmosh turlari 
 
Olmosh ma’no va grammatik xususiyatlariga ko‘ra yetti turga 
bo‘linadi: 
1. 
Kishilik olmoshlari: 
men, sen, u, biz, siz, ular. Kishilik 
olmoshlari egalik affiksini olmaydi. Ba’zan III shaxs kishilik olmoshi 
otlashib, egalik affiksini olishi mumkin: 
Unisi 10 ga kirdi. 
2. 
O‘zlik olmoshi
: o‘zlik olmoshi egalik affiksini olib, har uchala 
shaxs kishilik olmoshini ko‘rsata oladi. O‘zlik olmoshi kelishiklar 
bilan turlanishi uchun avval egalik affiksini qabul qiladi: O‘zimning 
o‘zingni, o‘zining. O‘zlik olmoshi aniqlovchi, kesim, to‘ldiruvchi 
vazifasida keladi. 
3. 
Ko‘rsatish olmoshlari:
bu, shu, o‘sha, mana shu, mana bu, ana 
shu, ushbu, ana u. Ko‘rsatish olmoshlari shaxs, narsa buyum yoki 
ularning belgisini ko‘rsatish, ta’kidlash uchun xizmat qiladi. 
Ko‘rsatish olmoshi asosan, aniqlovchi, kesim vazifasida keladi. 
4. 
So‘roq olmoshlari:
kim?, nima?, qanday?, qanaqa?, qachon?, 
qaysi?, qancha?, necha?, qaer?, nega?, qalay?. So‘roq olmoshlari 
shaxsga (kim?), narsa buyumga (nima?), belgiga (qanday?, qanaqa?, 
qaysi?), miqdorga (necha?, qancha?), vaqtga (qachon?), maqsad va 
sababga (nega?, nimaga?), o‘ringa (qani?) munosabat bildiradi. 
Badiiy asarlarda 
nechuk, ne, na
so‘roq olmoshlari ishlatiladi. 
So‘roq olmoshlari kelishik, egalik affikslari bilan turlana oladi. 
5. 
Belgilash-jamlash olmoshlari:
har kim, har, har nima, har 
qanday, har qaysi, har bir; hamma, bari, jami, barcha, butun, yalpi. 
Belgilash olmoshlari gapda ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi va hol bo‘lib 
keladi. 
6. 
Bo‘lishsizlik olmoshlari:
hech kim, hech qanday, hech nima, 
hech qaysi. Bu olmoshlar ot, sifat, son kabi so‘z turkumlari anglatgan 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
132 
132
ma’no haqidagi inkorni bildiradi. Ma’no jihatdan belgilash 
olmoshlariga zid. Bo‘lishsizlik olmoshi ot vazifasida keladi. 
7. 
Gumon olmoshlari:
allakim, allaqanday, allaqaysi, kimdir, 
nimadir, allanima, allaqachon, allaqanaqa. Gumon olmoshlari 
predmet, belgi yoki hodisa haqidagi noaniq tasavvurni bildirib, 
ularga umumiy va taxminli ishora qiladi. Gumon olmoshlari ot, sifat 
xarakterida bo‘ladi. 
Belgilash, bo‘lishsizlik, gumon olmoshlari sodda yoki qo‘shma 
holda bo‘ladi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin