Muallifdan


Ergash so‘zning bosh so‘zga birikish usullari



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Ergash so‘zning bosh so‘zga birikish usullari 
 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
147 
147
Ergash so‘z bosh so‘zga quyidagi usullar orqali birikadi: 
boshqaruv, moslashuv, bitishuv. 
1. Boshqaruv
. Bosh so‘zning talabi bilan ergash so‘zning ma’lum 
grammatik vositani olishi 
boshqaruv
deyiladi. Boshqaruv ikki xil 
bo‘ladi: a) kelishik yordamidagi boshqaruv: 
Bosh kelishik 
- ( 
bitishuv) 
Qaratqich kelishik -ning ( moslashuv) 
Tushum kelishik -ni (boshqaruv ) 
Jo‘nalish kelishigi -ga-ka,-qa ( boshqaruv) 
O‘rin-payt kelishigi -da (boshqaruv) 
Chiqish kelishigi -dan (boshqaruv) 
Boshqaruv: olmani terish, ko‘chaga chiqmoq, maktabda o‘qimoq, 
ishdan qaytmoq;
b) ko‘makchi yordamidagi boshqaruvda ergash so‘z bosh so‘zga 
ko‘makchi yordamida birikadi: kasb haqida insho, ko‘prik orqali 
o‘tish. Boshqaruvda ayrim hollarda grammatik vosita ifodalanmasligi 
mumkin: kitob o‘qish. 
2. Moslashuv.
Bosh so‘z bilan ergash so‘zning shaxs-sonda 
mosligi 
moslashuv
deyiladi. Moslashuvda bosh so‘z bilan ergash so‘z 
qaratqich kelishigi qo‘shimchasi yordamida birikadi: dalaning fayzi.
3. Bitishuv. 
Ergash so‘zning bosh so‘z bilan grammatik vositasiz, 
faqat ma’no jihatdan birikishi 
bitishuv
deyiladi. Bitishuvda so‘zlar 
tartib va ohang yordamida birikadi. Bunda ergash so‘z avval, bosh 
so‘z keyin keladi; go‘zal bog‘lar. Bitishuvli birikmada so‘zlar o‘rni 
o‘zgartirilsa, gap hosil bo‘ladi: 
go‘zal bog‘lar-bog‘lar go‘zal

Birga ishlamoq, tezda kelmoq, to‘satdan baqirmoq, zimdan 
kuzatmoq, qo‘qqisdan boshlamoq
kabi birikmalar ham bitishuv 
munosabatiga asoslangan. Ulardagi qo‘shimchalar kelishik ma’nosini 
yo‘qotgan. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin