Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Fe’l-kesim
fe’l yoki uning sifatdosh, ravishdosh shakllari bilan 
ifodalanadi, fe’l-kesim tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 
sodda fe’l-
kesim , murakkab fe’l-kesim
. Sodda fe’l- kesimlar sof fe’l shakllari 
bilan ifodalanadi: Maktabni tugatdik. Murakkab fe’l-kesim ikki 
so‘zdan iborat bo‘ladi: xatni yoza oladi. Mevalar pisha boshladi.Bu 
fikrni hammaning oldida aytdi-qo‘ydi. 
 Ot-kesim
fe’l bo‘lmagan so‘zning kesim vazifasida kelishidir. 
Ot-kesim ham sodda va murakkabga ajratiladi. Bir so‘z bilan 
ifodalangan kesim sodda ot-kesim deyiladi: 
Yoshlik-inson umrining 
oltin davri.
Murakkab ot-kesim quyidagicha tuziladi: a) ot,sifat, son, olmosh, 
ravish hamda bo‘lmoq fe’li yoki to‘liqsiz fe’ldan iborat bo‘ladi: 
Mehnatning noni shirin bo‘ladi. Uning maqsadi shu edi. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
151 
151
 b) yo‘q, bor, oz,ko‘p, zarur, lozim, kerak
kabi so‘zlar hamda 
bo‘lmoq fe’li yoki to‘liqsiz fe’ldan iborat bo‘ladi: Sharpa bir zumda 
yo‘q bo‘ldi. Suyanadigan hech kimi yo‘q edi. 
v) Harakat nomi hamda kerak, zarur kabi so‘zlardan iborat 
bo‘ladi: O‘quvchi intizomli bo‘lishi kerak. 
 Ot-kesimlar 
tarkibida 
bog‘lama
ishtirok etadi. Fe’l bo‘lmagan 
kesimni ega bilan bog‘lashda ishtirok etuvchi so‘zlar 
bog‘lama 
deyiladi. 
Bo‘l, qil, edi, ekan, emish, -dir
( kesimlik qo‘shimchasi) 
bog‘lama deyiladi. Birovlarni qarg‘ash yoki so‘kish gunohdir. Odam 
mehnat bilan odam bo‘ladi. ( odamdir). Sanamoq, hisoblamoq 
so‘zlari ham ba’zan bog‘lama sifatida qo‘llanadi: 
O‘g‘lim a’lochi hisoblanadi. 8 dekabr Konstitutsiya kuni 
hisoblanadi. 
Ega va kesim shaxsda hamma vaqt o‘zaro mos bo‘ladi. Juda kam 
hollarda “ Shularni ko‘rib hayron qolasan kishi” tarzidagi ega va 
kesim shaxsda moslashmagan gaplar uchraydi: ega (kishi) III 
shaxsda, kesim esa II shaxsda. 
Fe’l - kesim I va II shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda mos 
bo‘ladi: men bordim, biz keldik. Fe’l kesim III shaxsdagi ega bilan 
hamma vaqt sonda moslashavermaydi: 
a) shaxsni bildirgan lll shaxsdagi ega bilan fe’l-kesim sonda mos 
bo‘ladi: Nodir o‘rnidan turdi.Dehqonlar chigit ekdilar. 
b) ko‘plikdagi ega shaxs ( kimsa) ni emas, jonsiz voqelikni, 
narsa-buyumni bildirsa, fe’l-kesim ega bilan sonda moslashmaydi: 
O‘t-o‘lanlar bahor kelishi bilan ko‘karadi; 
v) ot-kesim ko‘pincha ko‘plikdagi ega bilan moslashmaydi: 
Majlisda Nazira aya, Salima opa va Alijon akalar bor edi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin