Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
162
162
usuli-hozirda punktuatsion usul deb ataladi. Yozuv taraqqiyotiga
bog‘liq holda nuqtalar vositasida ajratish
usulining rivojlanishi
hozirgi punktuasiyaning kelib chiqishiga asos bo‘ldi.
Punktuasiyaning termini uch ma’noda qo‘llaniladi:
1)tinish belgilari sistemasi va qo‘llanilish qonun-qoidalarini
o‘rganuvchi bo‘lim;
2)punktuasion qonun-qoidalar-normalar yig‘indisi to‘plami;
3)tinish belgilari.
Punktuatsiya sistemasi. Bu sistema yozma nutqqa xos bo‘lib, har
bir milliy til tabiatiga, yozuv sistemasiga bog‘liq holda o‘rganiladi.
Punktuasiya yozma nutq mahsuli. Yozuv orqali ifodalangan har
bir
gapning mazmuni, ma’no turlari va sintaktik qismlari orasidagi
turli munosabatlarni aniqlashda punktuasiyaning o‘rni katta.
Punktuasiya ijtimoiy hodisa. Yozuvda dastlabki qo‘llanilgan
tinish belgilarining qo‘yilish o‘rni, usuli, vazifasi hozirgi holatidan
boshqacha bo‘lgan, ularning vazifasi hozirgidek aniq va murakkab
bo‘lmagan
. Masalan:
dastlab yulduzcha va rumba tipidagi o‘ntadan
ortiq ishoralar nuqta vazifasida ishlatilgan.
Punktuasiyaning asosiy vazifalari:
1)o‘quvchi o‘qigan so‘zining ma’nosini
tinish belgisiga qarab
bilib oladi.
Masalan:”O‘qidi”.” O‘qidi
?” ,”
O‘qidi
!” ;
2)yozma nutqdagi maqsad, mazmun va ma’no turlarini
aniqlashtirish, farqlash uchun;
3)gap(yozma nutq)
strukturasini aniq belgilash, gapni tashkil
etuvchi qismlar, gap bo‘laklari va gaplarning tuzilishiga xos turli
munosabatlari ko‘rsatish uchun;
4)yozma nutqni ixcham va ravon ifodalash,
stilistik qulaylik
uchun.
Masalan:
Toshkentdan Buxoroga qatnaydigan poezd –“
Toshkent”-“Buxoro” poezdi;
5)ba’zan yozma nutqdagi murakkab fikriy munosabatlarni
ifodalash uchun punktuasiya zarur bo‘ladi
.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
163
163
Nuqta
1.
Xabar mazmunidagi darak, buyruq,
undov gaplar oxiriga
nuqta qo‘yiladi.
2. Qisqartirilgan ism-familiyalarning birinchi harfidan (yoki
ma’lum qismidan) keyin nuqta qo‘yiladi:
A.Q., A. Qod.
3. Sanash yoki oy, kun, yillarni bir-biridan ajratish uchun
qo‘llangan raqam yoki harflardan keyin nuqta qo‘yiladi: 1. 2. 3.;
5.03.99 yil.
Nuqta-
eng qadimgi va eng ko‘p qo‘llanuvchi tinish belgilaridan
biri. Nuqta gap oxirida qo‘llaniladi. Uning qo‘llanishi logik-
grammatik prinsipga asoslanadi. Bunda stilistik
yoki differensiasiya
prinsiplariga asoslanadi. Nuqtaning shartli qisqartmalaridan so‘ng
qo‘llanishi uning qo‘shimcha funksiyasiga kiradi.
Masalan:Alisher
Navoiy-ulug‘ shoir! A. Navoiy-ulug‘ shoir!
Dostları ilə paylaş: