Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
158
158
Mamatqulovning, qo‘li gul ekan (gazet). Ajratilgan izoh sifatlovchi
aniqlanmishdan keyin keladi:
Kamzul kiydim, tirinka. Qobil bobo,
yalang bosh,
yalang oyoq, eshik oldida dag‘-dag‘ titrardi. (A.Q)
Ajratilgan hol
o‘zidan oldingi holni izohlab keladi. Yozda,
qovun pishig‘ida, havo kechasi ham dim bo‘ladi. (gazet) Asosan payt
va o‘rin hollari ajratiladi. Uning qo‘lidan ushlab ichkariga, devonga,
boshladi (A.Q.)
Nutqimizda
Nima eksang shuni o‘rasan; Bu kitobni qaytarish
sharti bilan beraman
kabi shart holi ishtirokidagi gaplar;
Nigora
darsga qatnashmagan bo‘lsa ham vazifani bajarib keldi
gapidagi
kabi to‘siqsiz hollar ham qo‘llanadi. Bunday gaplarda holdan keyin
to‘xtalish bo‘lsa ham vergul qo‘yilmaydi. Dehqon bo‘lsang
shudgor
qil. (Maqol) O‘ynab aytsang ham o‘ylab ayt. (Maqol) Hurmat qilsang
hurmat ko‘rasan.(Maqol) Topsam aytaman. Ishlasang tishlaysan
(Maqol) Izlasang imkon topasan.
Undalma
So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildirgan so‘z
undalma
deyiladi. Undalma, odatda ikkinchi shaxsga qaratilgan bo‘ladi.
Bahor, ketma bizning bog‘lardan! (O)
Karim Sodiqovich, majlis
ertaga bo‘ladimi?
Bir so‘z bilan ifodalangan undalma yig‘iq undalma hisoblanadi.
Uyga kir, Homid. So‘z birikmasi bilan
ifodalangan undalma yoyiq
hisoblanadi: O‘g‘lim Ko‘kan, senga aytar bir so‘zim bor. (G‘.G‘)
Undalma uyushib kelishi ham mumkin: Xayr, yashil o‘rmonzor,
moviy dengizlar!
Dostları ilə paylaş: