Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
173
173
Grammatika
(yun.)-tilshunoslikning
so‘z
shakllari
(shakl
yasalishi), so‘z birikmalarining turlari, gap turlari (tilning grammatik
qurilishi) haqidagi bo‘limi.
Grammatik ma’no - so‘zning shakliy qismi grammatik shakli
ifodalaydigan ma’no.
Grafika (yun.)-nutq tovushlarini yozib ifodalash vositalarining
muayyan tuzilishi.
Dialekt
(yun.)-umumxalq
tilining ma’lum bir hududda
qo‘llanadigan ko‘rinishi.
Dialog (yun.)- suhbatdoshlarning bevosita bir-biriga qaratilgan
nutqi.
Jargon (fr.)- biror guruh vakillarining o‘z nutqi bilan
ko‘pchilikdan
ajralib
turish
maqsadida
o‘zgacha ma’noda
qo‘llaydigan so‘z va iboralar.
Leksema (yun.)- tilning lug‘at tarkibiga xos birlik; til
qurilishining lug‘aviy ma’no anglatuvchi birligi.
Leksik ma’no- so‘zning material qismi (leksema) bildiradigan
ma’no; lug‘aviy ma’no.
Lingvistika - tilshunoslik.
Morfema (yun.)- tilning ma’noli, boshqa ma’noli qismlarga
bo‘linmaydigan eng kichik birligi. Morfema ikki xil bo‘ladi: 1) o‘zak
(so‘z) morfema; 2) affiksal morfema (qo‘shimcha morfema).
Morfemika-morfemalarning mohiyati, tuzilishi, turlari haqidagi
bo‘lim, ta’limot.
Morfologiya (yun.)-grammatik ma’no so‘z shakllari, so‘z
turkumlari haqidagi grammatik ta’limot.
Neologizm (yun.)- yangi so‘z, iboralar. Neologizmlar –
taraqqiyotni jadallashtirishga aloqador tushunchalarni belgilash
maqsadida yaratilgan yangi, hali o‘zlashib ketmagan so‘zlardir.
Numerativ-hisob so‘zlari.
Dostları ilə paylaş: