Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
154
154
Vaziyat holi ba’zan ish-harakatning bajarilishini o‘xshatish yo‘li
bilan anglatib,-dek,-day,-larcha qo‘shimchalarini olgan so‘zlar bilan
ifodalanadi. Shaftolilar egilgan, go‘yo salom berganday. (P.M)
Ba’zan vaziyat holi yoyiq holda keladi. To‘la singlisining
shartiga rioya qilib, to‘g‘ri uyga jo‘nadi. (M.Sh). Bu gapda
singlisining shartiga rioya qilib
ravishdoshli so‘z birikmasi yoyiq
vaziyat holi vazifasida kelgan.
5.
Sabab holi
nima sababdan?, nima sababli?, nima uchun?,
nimaga?, nega? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Odil uyalganidan qizarib
ketdi. (O.). Sabab holi -lik,-sizlik,-ganlik qo‘shimchali chiqish
kelishigidagi
otlar,
shuningdek,
sifatdoshdan
keyin
-dan
qo‘shimchasini keltirish bilan;
-gani, -ganligi qo‘shimchali so‘zlardan keyin sababli, tufayli,
uchun so‘zlaridan birini keltirish bilan ifodalanadi: Shodligidan qul
Tarlon, To‘xtamadi yig‘idan.(H.O); Majolsizlikdan kiyimlari
joylangan sumkani ham tashlab, yuqori qavatga ko‘tarildi. Qizi
kelmaganidan ancha ranjidi.
6.
Maqsad holi
jo‘nalish kelishikdagi so‘z yoki harakat nomidan
keyin
uchun
ko‘makchisini keltirish bilan; fe’ldan so‘ng
uchun,deb
so‘zlarini keltirish bilan, maqsad ravishdoshi bilan ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: