Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
155
155
4.
Vaziyat holi kesimdan avval keladi:
Uzoqdan daryo
mavjlanib ko‘rinar edi.
Gap bo‘laklari tartibining o‘zgarishi
inversiya
deyiladi. Inversiya
ma’lum maqsadlarda amalga oshiriladi: O‘zgargan tartib-inversiya
asosan she’riyatda uchraydi: Tarixingdir
ming asrlar ichra pinhon,
o‘zbegim.
Ma’no urg‘usi gap bo‘laklari tartibining o‘zgarishi orqali
namoyon bo‘ladi. Biz konsertga kecha bordik. Ma’no urg‘usini olgan
bo‘lak kesimdan oldin joylashadi.
Ikki bosh bo‘lakli gaplar ikkinchi darajali bo‘laklar
ishtirokiga
ko‘ra yig‘iq va yoyiq gaplarga ajratiladi. Faqat bosh bo‘laklar (ega va
kesim)dan iborat gap yig‘iq gap deyiladi. Talabalar qatnashdilar.
Ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etgan gaplar yoyiq sodda gap
deyiladi.
To‘liq gap va to‘liqsiz gap
To‘liq gapda bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar to‘liq holda
ishtirok etadi. To‘liqsiz gap esa nutq vaziyatidan ma’lum bo‘lgan,
ayrim bo‘laklari, tushirilgan gapdir.
-Siddiqjon nimalar haqida so‘zladi?
-Maktab tajriba uchastkasi haqida.
Birinchi gap to‘liq gap, ikkinchi gap to‘liqsiz gapdir.
Ikkinchi
gapda ega va kesim tushirilgan. To‘liqsiz gaplar suhbatda, so‘zlashuv
nutqida va badiiy asarlarda ko‘p qo‘llanadi. Xalq maqollarining
ba’zilari to‘liqsiz gap shaklida bo‘ladi:
Yaxshidan ot qoladi,
yomondan dod.
Dostları ilə paylaş: