Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
157
157
Aniqlovchilar uyushiq va uyushmagan bo‘lishi mumkin.
Uyushgan:
Yo‘lda ba’zan oq, pushti, sariq va qizil gullar uchraydi.
(Yo.Sh.)
Uyushmagan sifatlovchi aniqlovchilar
sifatlanmishning turli
jihatlariga oid belgilarini anglatadi:
Mart oyidan mayin yoqimli
shabada esa boshlaydi.
Gapning ajratilgan izoh bo‘laklari
O‘zidan oldingi gap bo‘lagini izohlagan bo‘lak
ajratilgan
izoh
bo‘lak
deyiladi. Ajratilgan bo‘laklar vergul va tire bilan ajratib
ko‘rsatiladi. Izoh bo‘laklari, asosan,
ikki tomondan vergul bilan
ajratiladi. Navbatchi hamshira,
sochi oq semiz xotin, Sadbarning
kechasi ham kelganini eslatdi. (As.M.) Izoh bo‘laklarning o‘zida
vergul bo‘lsa, bunday bo‘laklar ikki tomondan tire bilan ajiratiladi:
Endi
odamlar-otliq, piyoda, yosh-qari-uchray boshladi.(O).
Bosh kelishikdagi kishilik olmoshini izohlagan bo‘laklardan avval
tire, keyin vergul qo‘yiladi: Men-Fozilova Fotima, Farg‘ona viloyati
maktablaridan birida o‘qiyman.
Yozma nutqda izoh bo‘lakning oldiga tire, izoh bo‘lakdan
keyin
vergul qo‘yiladi:Otam-Ilyos Tohirov, zavodda ishchi.
Ajratilgan to‘ldiruvchi:
o‘zidan oldingi to‘ldiruvchini izohlaydi.
Izoh to‘ldiruvchilar o‘zidan oldingi to‘ldiruvchi bilan bog‘lovchi
vazifasida qo‘llanadigan ya’ni, shu jumladan, xususan,
ayniqsa kabi
so‘zlar bilan ham qo‘llanadi: Agar oyim, ya’ni
Sarvinoz
Madumarova, rozi bo‘lsa, meni, ya’ni Akrom Madumarovni, milisiya
kapitani o‘rtoq Ergashov o‘ziga ishga olmoqchi ekan (X.T) ;
Maktabimizda, bichuv-tikuv to‘garagidan tashqari, musiqa va
ijodkorlar to‘garagi ham ishlab turibdi
gapidagi ajratilgan bo‘lak
ham to‘ldiruvchi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: