Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
30
30
ma’lum miqdordagi o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan til
birliklarining yig‘indisi va ana shu
birliklardan foydalanish
qoidalaridan tashkil topgan murakkab tizimdir .
Til inson hayotida muhim rol o‘ynaydigan hodisadir. Kishining
butun hayoti til bilan bog‘langan bo‘lib, til yordamida kishilar o‘zaro
fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, inson tili
nihoyat darajada murakkab, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan
sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan hodisadir. Til kishilik jamiyatida
eng muhim aloqa quroli bo‘lib, insoniyatning uzoq davom etgan
tarixiy taraqqiyoti jaroyinida yaratilgan barcha madaniy va ilmiy
boyliklarni saqlaydigan va avloddan-avlodga yetkazib beradigan
asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Tilning tabiati, mohiyati, kishilik
jamiyatida bajaradigan vazifasi kabi muhim masalalar ilmiy
o‘rganishni talab qiladi.
Tilshunoslik fanining tarixida
tilning tabiati, ijtimoiy mohiyati
kabi eng muhim masalalarni o‘rganishda turli nazariyalar va oqimlar
mavjud bo‘lgan. A.Shleyxer tilning tabiati, tilning biologik tabiati
to‘g‘risida, G.Paul til faqat individga xos hodisa ekanligi haqida,
Vundt xalq psixologiyasi bilan til o‘rtasidagi munosat to‘g‘risida
ilmiy ishlar olib borishgan va bir qancha asarlar yozishgan.
Tilning belgilari uni aloqaning boshqa vositalaridan farqlash, tilni
ijtimoiy hodisa sifatida xarakterlash imkonini beradi. Umuman, til
kishilik aloqa-munosabatining eng muhim vositasi sifatida jamiyat
bilan uning madaniyati, turmush va mehnat faoliyatida tildan keng va
har tomonlama foydalanib kelayotgan barcha a’zolari bilan uzviy
aloqada bo‘lib kelmoqda. Tilning jamiyatdagi bu vazifasini uning
jamiyat, kishi ongi va fikrlash qobiliyati
bilan aloqasini aniqlamay
turib, til sistemasi, uning birliklari va kategoriyalarini chuqur anglab
bo‘lmaydi. Kishilar o‘zaro aloqada o‘z fikrlarini, istaklarini, sezgi va
ruhiy kechinmalarini ifoda qilib, bir-birlariga ta’sir qiladilar, bir-
birlarini tushunadilar. Tilning jamiyatda aloqa quroli vazifasini
bajarishi uning kommunikativ funksiyasidir. Bundan tashqari til
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
31
31
ekspressiv va akkumulyativ funksiya bajaradi.
Til boshqa kishilar bilan muomala qilish
ehtiyoji tufayli paydo
bo‘lgan. Bu ehtiyojning kishilar jamiyat sohalari va inson faoliyatida
yuz beradigan o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lishi tilda, birinchi
navbatda, tilning lug‘at qismida o‘z aksini topadi. Demak, til tabiiy
va biologik hodisa emas, tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tabiat
qonunlariga bo‘ysunmaydi.
Tilning ijtimoiy tabiati uning ayrim shaxsda emas, balki
jamiyatda mavjudligini taqozo etadi. Til jamiyat tomonidan
yaratilgan bo‘lib, uning taqdiri
ham jamiyat taqdiri bilan
chambarchas bog‘liq.
Til ijimoiy hodisadir. Ijtimoiy hodisa sifatida tabiiy hodisalardan
ajralib turadi. Masalan, kishilarning tabiiy-biologik va fiziologik
xususiyatlari(ovqat yeyishi, nafas olishi, rivojlanisi va hokazo) tabiat
qonunlariga muvofiq, jamiyatga bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanib
boradi. Ammo tilda so‘zlashish va fikrlashish uchun kishilik jamiyati
bo‘lishi shart. Shuning uchun ham til tabiiy hodisalardan farqli
o‘laroq, kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan va unga xizmat
qiladigan ijtimoiy hodisadir.
Ko‘rinadiki, til o‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiy hodisadir.
Tilshunoslik fanining asosiy muammolaridan
biri tilning ichki
qurilishini o‘rganishdir. Har qanday til fonetik tuzilishi, grammatik
qurilish va lug‘at tarkibidan tashkil topadi. Tilning ushbu tarkibiy
qismlari muayyan qonuniyatlar asosida o‘zaro bog‘lanib, butun tilni
hosil qiladi, til mazkur birikmalar negizida uzviy bog‘langan tizimni
tashkil etadi. Ichki qurilishi jihatidan til ma’lum miqdordagi o‘zaro
chambarchas bog‘liq bo‘lgan til birliklarining yig‘indisi va ana shu
birliklardan foydalanish qoidalaridan
tashkil topgan murakkab
tizimdir. Til tizimini tashkil etuvchi birliklarning o‘zaro munosabati
va bog‘lanish qonuniyatlari murakkab hamda ko‘p qirralidir. Garchi
til yaxlit tizim bo‘lsa-da, bu tizim o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lgan,
til tizimining tarkibiy qismlari hisoblangan sathlar birligan iborat.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
32
32
Har bir sathning o‘z birliklari va tushunchalari bo‘lib, ular bir-biridan
farqlanib turadi. Masalan, fonetik-fonologik sath lug‘at sathidan,
lug‘at sathi grammatik sathdan farqlanadi. Ammo, ushbu sathlar
o‘zaro bog‘liq ravishda butun til tizimini tashkil etadi. Til tizimini
tashkil etgan asosiy sathlar quyidagilar:
1.
Fonetik-fonologik sath.
2.
Lug‘at sathi.
3.
Grammatik sath.
Dostları ilə paylaş: