Muallifdan


- §  TIL BIRLIKLARINING O‘ZIGA XOS TABIATI



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

 8-
§ 
TIL BIRLIKLARINING O‘ZIGA XOS TABIATI
 
Til muayyan birliklarning tizimidan iborat murakkab tizim 
hisoblanadi. Til birliklarining o‘ziga xos tabiati professor Sh. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
43 
43
Rahmatullayevning ”Til qurilishining asosiy birliklari” qo‘llanmasida 
izchil bayon etilgan: 
”Til-tabiiy yo‘sinda vujudga kelgan murrakkab ijtimoiy hodisa. 
Tilshunoslik ana shu murrakkab ijtimoiy hodisani o‘rganadi va 
o‘rgatadi. Tilshunoslik oldida turgan eng birinchi masala 
til
so‘zini 
qanday tushunishdan boshlanadi. Til kishilar orasidagi eng muhum 
aloqa-aralashuv quroli deyiladi. Bu ta’rif-lingvistik ta’rif emas, 
falsafiy ta’rif. Tilshunoslik nuqtayi nazaridan yondashilsa, 
til
so‘zini 
ikki xil mundarija bilan ishlatish mavjudligi ko‘rinadi: 1) Ijtimoiy 
hodisa bir butun holda tushuniladi, 2) Ijtimoiy hodisaning nutqqa zid 
qo‘yiladigan holatigina tushuniladi. Demak 
til
deganda butunni ham 
(nutqni qamrab olgan holda), qismni ham (nutqni qamrab olmagan 
holda) tushunish mavjud. 
Til
so‘zini bunday ikki xil mundarija bilan 
ishlatish bir qancha milliy tilshunosliklarda mavjud va uni bartaraf 
qilish harakati bor. Masalan, 
til
so‘zini butunning nomi sifatida 
saqlab, nutqqa zidlanuvchi hodisani 
lison
deb atash mumkin.
Lison 
– kishining miyasida, miyaning til xotirasi qismida mavjud 
hodisalar va ularni ishlatish qoidalari. 
Nutq – 
miyada, til xotirasida mavjud hodisalardan va ularni 
ishlatish qoidalaridan foydalanish jarayoni va shu jarayonning 
hosilasi (Nutq jarayonining hosilasi tekst – matn deb yuritiladi). 
Demak, til hodisalariga ikki nuqtayi nazardan – lison nuqtayi 
nazaridan va nutq nuqtayi nazaridan baho beriladi, shu asosda til 
birliklari lisoniy birliklar va nutqiy birliklar deb farqlanadi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin