Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
40
40
namoyon bo‘ladi.
1.
Til- munosabat asosi; nutq munosabat ifodasidir.
2.
Til jamiyatda shakllangan;
nutq esa har bir shaxs
faoliyatida namoyon bo‘ladi.
3.
Tilning mavjudlik davri uzoq, ijtimoiy hayot bilan
bog‘liq;
nutqning mavjudlik davri qisqa, u aytilgan paytdagina
mavjud.
4.
Bir shaxs ayni zamonda bir necha tilga ega bo‘la oladi;
shaxsning nutqi esa faqat bitta bo‘ladi, negaki nutq ma’lum vaqtda va
ma’lum makonda yuz beradi.
5.
Tilning hajmi noaniq, chegaralanmagan; nutqning hajmmi
aniq:
u dialog, monolog, ayrim matn, kitob ifodalari bo‘ladi.
6.
Til qat’iy, turg‘un hodisa; nutq o‘zgaruvchan harakatdagi
hodisadir.
Nutq jarayoni va so‘zlash faoliyatini psixologik tilshunoslik
o‘rganadi. Psixologik tilshunoslik
ham boshqa sohalar qatorida
nutqni til bilan uzviylikda talqin etadi.
Til ma’lum miqdordagi nutq tovushlarining turli kombinatsiyasi
bilan kishilar bir-birlariga bildiradigan so‘zlar, grammatik vositalar
va ulardan foydalanish
qoidalaridan tashkil topgan, degan fikr XIX
asrning birinchi yarmidayoq qiyosiy grammatikachilar tomonidan
ilgari surildi. Hozir ham tilni shu xilda tasavvur qiladilar.
Ma’lumki, til o‘ziga xos strukturaga ega bo‘lgan sistemadir. Til
bir-birining
mavjudligini talab qiladigan, bir-biridan ajralmas holda
ikki elementdan tashkil topgan. Bular: A. Leksika, yani lug‘at
sostavi. B. Grammatika. Ularning har biri nutq tovushlaridan iborat
bo‘lgan materiyaga ega.
Dostları ilə paylaş: