Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
45
45
boshqird, ozorbayjon, yoqut, turkman,
qoraqalpoq, turk, chuvash
tillari kabilar turkiy tillar oilasiga kiradi. Bu qardosh tillardagi
o‘xshashlik, yaqinlik ularning So‘z boyligi,
grammatik qurilishi va
nutq tovushlarida ifodalanadi.
Shuni ham ko‘rsatib o‘tish kerakki, qardosh bo‘lmagan ba’zi
tillarning so‘z boyligida alohida so‘zlarning ma’no jihatidan
o‘xshashlik hodisalari uchrashi mumkin. Bunday hodisa bir tilga
qarindosh bo‘lmagan boshqa bir tildan kirgan so‘zlarda uchraydi.
Masalan
, o‘zbek tiliga arab tilidan:
oila, maktab, lug‘at, kitob
singari,
rus tilidan
samovar, mashina, stol, stul, choynak
kabi
anchagina so‘zlar o‘zlashgan. Lekin bunday so‘zlar o‘zbek tilining
arab tili yoki rus tili bilan qardosh til ekanligiga asos bo‘lolmaydi,
chunki birinchidan, bunday tillarning
qarindosh ekanligini isbot
qilish uchun faqat so‘zning o‘zi asos bo‘la olmaydi. Ikkinchidan, har
bir tilning so‘z boyligida boshqa tildan kirgan so‘zlar juda ozchilikni
tashkil etadi va ularning grammatik xususiyatlari butunlay boshqacha
bo‘ladi. Uchinchidan, tarixiy taraqqiyot jarayonida turli munosabatlar
tufayli boshqa tillardan kirib qolgan bunday tasodifiy so‘zlar
tillarning tarixini solishtirib, taqqoslab o‘rganishda material bo‘la
olmaydi, chunki bunday tillarning tuzilishi bir-biriga to‘g‘ri
kelmaydi.
Rus, bulg‘or, chex, polyak tillari ham bir oiladagi qardosh tillarga
qarashli bo‘lganligi uchun bu tillarda so‘z ma’nolari, grammatik
tuzilishlari jihatidan birmuncha o‘xshashlik, yaqinlik bor.
Bu misollar shuni ko‘rsatadiki, qardosh tillarda so‘z o‘zaklari
grammatik vositalar
jihatidan farq qilsa ham, ularning manbai bir
bo‘lib, ular bir o‘zak tildan kelib chiqqan. Biror so‘z yoki grammatik
vositalardagi tovush o‘zgarishlari ma’lum bir fonetik qonuniyat
asosida yuz bergan.
Bir qardosh tilga, bir tovushga ikkinchi bir
qardosh tildagi shunga muvofiq tovush to‘g‘ri keladi. Masalan,
o‘zbek tilidagi
Dostları ilə paylaş: