Muallifdan


-§. SHARQ ILMIDA TIL TASNIFIGA OID



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

10-§. SHARQ ILMIDA TIL TASNIFIGA OID 
QARASHLAR. TURKIY TILLAR TASNIFI 
 
Sharq ilmida ham tillar tasnifiga oid, tillarning muhim jihatlarini 
yorituvchi qarashlar mavjud. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu 
lug‘otit turk” asari bu boradagi beqiyos manbadir.
 
Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillar klassifikatsiyasini yaratishga 
birinchi bo‘lib qo‘l urgan olimdir.
Turkiy xalqlar orasidan yetishib chiqqan birinchi ensiklopedist 
turkolog olim Mahmud Koshg‘ariy 1029-1038 yillar oralig‘ida 
Koshg‘arda tug‘ildi. “Devonu lug‘atit-turk” deb nomlangan uch 
tomli asar yozdi. Bu asar “Turkiy so‘zlar devoni” bo‘lib, ikki 
qismdan tashkil topgan: 1) kirish; 2) lug‘at. 
Kirish qismida turkiy tillarning mavqeyi, lug‘atning oldiga 
qo‘yilgan vazifalar, asarning mundarijasi, turkiy tillarda so‘z tuzilishi 
va yasalishi, turkiy qabilalar va ular tillarining o‘ziga xos 
xusisiyatlari yoritilgan. 
Asarning lug‘at qismi sakkiz bo‘limdan iborat. 
1.
Hamzali so‘zlar bo‘limi ( boshida alif, vov, yoy harflari 
keladigan so‘zlar) 
2.
Solim(tarkibida alif, vov, yoy harflari keladigan so‘zlar) 
bo‘limi . 
3.
Muzoaf bo‘limi( tarkibida bir harifi ikki marta kelgan 
takrorlangan so‘zlar). 
4.
Misol(boshida, o‘rtasida yoki oxirida alif, vov, yoy 
harflaridan biri kelgan so‘zlar) bo‘limi. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
60 
60
5.
Uch harfli so‘zlar bo‘limi. 
6.
To‘rt harfli so‘zlar bo‘limi. 
7.
G‘unnalilar ( tarkibida burun tovishlari keladigan so‘zlar) 
bo‘limi. 
8.
Tarkibida ikki undosh qator kelgan so‘zlar bo‘limi. 
Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy 
metoddan foydalandi. U turkiy tillarning leksikasini, morfologiyasini 
va fonetikasini bir – biriga qiyoslab, ular orasidagi o‘xshash va farqli 
tomonlarini ko‘rsatdi. Lug‘atda turkiy tillar leksikasiga mansub 7500 
so‘z izohlangan. 
Mahmud 
Koshg‘ariy 
turkiy 
tillar 
fonetik 
qonuniyatiini 
birinchilardan bo‘lib yoritgan olimdir. U “Devonu lug‘otit – turk” da 
fonetik qonuniyatlarning tovush almashinuvi, tovush tushishi, tovush 
ottishi kabi ko‘rinishlarini batafsil izohlagan. 
Uning tasnifi ikki prinsipga tayanadi: 
1. Tilning sofligi prinsipi. 
2. Fonetik- morfologik prinsip. 
Mahmud Koshg‘ariy XI asrda yashagan turkiy xalqlarning 
tillarini ikki qismga ajratadi: 
1. Sharqiy turkiylar tili
2. G‘arbiy turkiylar tili. 
Mahmud Koshg‘ariy birinchi guruhga Bolosog‘un, Koshg‘ar 
atrofida yashaydigan xalqlarning tillarini kiritdi. Bular chigil, qorluq, 
uyg‘ur, tuxsi, yag‘mo kabi xalq va qabilalarning tillaridan iborat edi.
Sharqiy va g‘arbiy guruh tillarining qator xususiyatlariga ko‘ra bir 
– biridan farqlanadi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin