Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
73
73
So‘z urg‘usi ma’no farqlash uchun ham xizmat qiladi. Masalan:
olma (meva)-olma (fe’l), etik (kiyim)-etik (fan), atlas (xarita)-atlas
(ko‘ylak), hozir (payt)-hozir (tayyor), yangi (kitob)-yangi (payt),
qo‘llar (ot)-qo‘llar (fe’l), qishloqcha (ot)-qishloqcha (ravish),
o‘quvchimiz-o‘quvchimiz.
Demak, so‘z urg‘usi so‘zdagi biror bo‘g‘inni ajratib, ta’kidlab
aytish va ma’no farqlash uchun xizmat qiladi.
2.
Gap urg‘usi
«mantiqiy urg‘u», «logik urg‘u», «ma’no
urg‘usi» kabi terminlar bilan yuritiladi. Gap urg‘usi
gapdagi biror
so‘zning ta’kidlab, ajratib aytlishidir:
Biz kecha sayohatga bordik.
Biz sayohatga kecha bordik. Kecha sayohatga biz bordik
.
Gap urg‘usini olgan bo‘lak kesimdan oldin ( kesim oldida)
keladi.
Dostları ilə paylaş: