Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
74
74
orfoepiyada o‘rganiladi. Orfoepiya me’yorlari tilning fonemalar
tizimi, fonemalarning ma’lum o‘zgarishlari bilan bog‘liq. Orfoepik
talaffuz me’yorlari adabiy til bilan birgalikda shakllanadi. Jonli
so‘zlashuv va mahalliy shevalar orfoepik me’yorning buzilishi
hisoblanadi.
O‘zbek
tilidagi
asosiy
orfoepik
me’yorlar
quyidagilardan iborat.
Unlilar orfoepiyasi:
1. So‘zning yopiq bo‘g‘inlarida
i
unlisi juda qisqa talaffuz etiladi:
biz,kir, tik, birikma, mis.
2.
oi
unlilari yonma-yon kelgan so‘zlarda ular orasiga y qo‘shib
talaffuz etiladi:
oid-oyid; qoida-qoyida; foiz-foyiz
.
3. Ko‘p bo‘g‘inli arabcha so‘zlarda
a
unlisi
i
tovushiga monand
talaffuz
etiladi:
mulohaza-mulohiza;
muhokama-muhokima;
muomala-momila.
4.
a
unlisi
i
bilan yonma-yon kelgan so‘zlarda qisqa
y
qo‘shib
talaffuz qilinadi:
zaif-zayif; maishat-mayishat
.
5.
a e
birikmasida
e
tovushi
y
tarzida talaffuz etiladi:
aeroport-
ayraport; aeroflot-ayroflot
.
6. Unli tovushlar til oldi undoshlari bilan yonma-yon kelsa
yumshoq (
malika
), chuqur til orqa undoshlari bilan yonma-yon kelsa
qattiq talaffuz etiladi (
qatiq)
.
Undoshlar orfoepiyasi:
1. b undoshi so‘z oxirida jarangsizlashib
p
tarzida talaffuz etiladi:
istirob-istirop.
So‘z o‘rtasida v bilan almashadi:
kabob-kavob;
qaboq-qovoq
.
2. v undoshi so‘z oxirida va jarangsiz undoshlardan oldin f tarzida
talaffuz etiladi: avtobus-aftobus; Hakimov-Hakimof.
Dostları ilə paylaş: