Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

 
14-§

ORFOGRAFIYA 
 
Orfografiya (yunoncha orthos “to‘g‘ri”, grapo - “yozaman”) 
so‘zlaridan olingan bo‘lib, to‘g‘ri yozish yoki imlo qoidalari haqidagi 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
76 
76
bo‘lim. Adabiy til ma’lum me’yorlarga ega ekanligi bilan 
shevalardan ajralib turadi. Orfografik me’yorlar yozma nutqning 
xususiyatlarini ochib beradi. 
Orfografiya so‘zlarning, qo‘shma so‘zlarning yozilishi, bosh 
harflar imlosi, bo‘g‘in ko‘chirish haqidagi qoidalar tizimidan iborat. 
Asosiy orfografik qoidalar (imlo qoidalari) quyidagilar: 
1. a unlisi urg‘usiz bo‘g‘inlarda i ga yaqin talaffuz etilsa ham a 
ning o‘zi yoziladi: muomala, muhokama. 
2. Aql, rahm, ilm, asr, fikr.
.. so‘zlaridagi yonma-yon kelgan 
undoshlar orasida bir unli qo‘shib talaffuz etilsa ham yozilmaydi. 
3. 
Taqsim, maqtov, maqsad
so‘zlaridagi q tovushi x tarzida 
talaffuz etilsa ham q ning o‘zi yoziladi. 
4. O‘zak va qo‘shimchalar morfologik qoida asosida yoziladi. 
5. So‘zlarni qo‘shib, ajratib va chiziqcha bilan yozishda 
quyidagilarga amal qilinadi: 
a) qo‘shma so‘zlar yaxlit bir ma’noni ifodalasa, qo‘shib yoziladi
oshqozon, oybolta, boyo‘g‘li, gultojixo‘roz, tuyaqush; joy nomlarini 
bildirgan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi; Qoraqamish, Yangiyo‘l, 
Oqtepa, Qizildaryo, Kuyganyor, Buloqboshi; ikkinchi qismi yo-
lashgan 
unlilar 
bilan 
boshlangan 
qo‘shma 
so‘zlar 
ajratib 
yoziladi;qozon yuvg‘ich,er yong‘oq.
-qo‘shma so‘z qismlari bir-birini izohlasa,bunday qo‘shma 
so‘zlar ajratib yoziladi: 
temir yo‘l, jigar rang, tim qora, osma 
ko‘prik
.

qo‘shma fe’llar ajratib yoziladi: 
sotib olmoq. 
b) juft so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi: yor-do‘st; yaxshi-yomon, 
erta-kech. Agar juft so‘zlar orasida-u,-yu yuklamalari qo‘llansa, 
yuklama birinchi so‘zga chiziqcha orqali qo‘shiladi; 
er-u osmon, 
yaxshi-yu yomon, erta-yu kech.
Takroriy so‘zlar ham chiziqcha bilan yoziladi: katta-katta. 
6. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
77 
77
a) bir unlidan iborat bo‘g‘in birinchi yo‘lda qoldirilmaydi yoki 
o‘zi alohida keyingi yo‘lga o‘tkazilmaydi: 
u-ka
emas: 
uka

mudofa-a 
emas: 
mudofaa.
b) ng harfi bir tovushni ifodalagan o‘rinlarda (so‘zlarda) 
ajratilmaydi: 
ko‘-ngil, si-ngil, ing-ramoq, zang-lamoq;
v) ‘ belgisi o‘zidan oldingi bo‘g‘in tarkibida qoladi:
 ma’-no , ta’-
lim, san’-at.
g) 
IIV, 1991 yil, XX asr 
kabi qisqartma so‘zlar yoki ko‘p xonali 
sonlar ikkinchi yo‘lga ko‘chirilmaydi. 
d) rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlar o‘sha til qoidalariga amal 
qilgan holda bo‘g‘in asosida ko‘chiriladi; in-gliz, kon-gress, trans-
port, shtan-ga. 
7. g
ijda, mujda, ajdar
kabi arab va fors tilidan o‘zlashgan 
so‘zlarda j harfi
jurnal 
so‘zidagi kabi sirg‘aluvchi tovush ifodasi 
uchun yoziladi. 
8.Q
ing‘ir, qo‘ng‘ir, qorong‘i, to‘ng‘ich
,.. so‘zlarida ng ga 
o‘xshash talaffuz etilsa ham n yoziladi. 
9. 
isi-q-issiq, achi-q-achchiq 
so‘zlarining yasalish jarayonida 
undosh takrorlanishi kuzatiladi. 
10. So‘z qismlari imlosi. So‘zning asl ma’nosini anglatgan qism 
o‘zak deyiladi. O‘zak so‘zning asl ma’nosini anglatib, qismlarga 
ajratilmaydi: gulchi: gul-o‘zak. O‘zakka yasovchi qo‘shimchalar 
qo‘shish bilan hosil bo‘lgan yangi so‘z negiz deyiladi. Qo‘shimchalar 
asosan morfologik yozuv qoidasi asosida yoziladi. 
O‘zak negizida -u(-yu) tovushlari bo‘lgan so‘zlardan ot 
yasalganda -im qo‘shimchasi -um tarzida aytiladi va yoziladi: tuzum, 
unum, uyum-uyum. 
11. Bosh harflar imlosi:
a) atoqli otlar bosh harf bilan yoziladi: Naima, Yangiyo‘l. 
b) hurmat ma’nosida qo‘llangan Siz va O‘zingiz olmoshlari bosh 
harfda yoziladi. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
78 
78
v) bayramlar va tarixiy kunni ifodalagan birikmalarning birinchi 
so‘zi: 8 Mart, To‘qqizinchi may; 
g) Oliy tashkilotlar va faxriy unvonlarning har bir so‘zi bosh 
harfda 
yoziladi: 
O‘zbekiston Oliy Kengashi, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis, O‘zbekiston 
Qahramoni. 
d) Orden va medal nomlari bosh harf bilan,
orden
va
medal
so‘zlari kichik harfda yoziladi: “Mustaqillik” ordeni, “Do‘stlik 
ordeni, “Shuhrat” medali. 
e) atab qo‘yilgan tashkilot, gazeta va jurnal, badiiy asar nomlari 
birikma holida bo‘lsa, birinchi so‘zi bosh harf bilan yoziladi hamda 
birikma (yoki so‘z qo‘shilmasi) qo‘shtirnoqqa olinadi: ”Yulduzli 
tunlar” romani, “Farhod va Shirin” dostoni. 
j) birikmaning ikkinchi (yoki uchinchi) so‘zlari atoqli ot bo‘lsa, 
bosh harfda beriladi
: Markaziy Farg‘ona, Katta Andijon kanali.
z) umumiylik, tur, belgi kabi ma’nolarni ifodalagan ayrim atoqli 
otlar kichik harf bilan yoziladi: 
Faxrimizsiz, aziz farhodlar! 
Anjumanda beshta o‘zbekistonlik ishtirok etdi

i) so‘zlarning birinchi harflaridan tuzilgan qisqartma otlar bosh 
harfda yoziladi: MDH, AQSh, BMT. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin