Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
68
68
tovush) paychalari; 3) yumshoq tanglay; 4) og‘iz bo‘shlig‘i (til, lab);
5) pastgi jag‘. 2.
Passiv (sust) nutq a’zolari:
1) o‘pka; 2) kekirdak;
3) qattiq tanglay; 4) burun bo‘shlig‘i; 5) tish.
Nutq tovushlari ikki xil: unli va undosh tovushlar.
Unli tovush
: o‘pkadan chiqayotgan havo oqimining og‘iz
bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa
uchramay chiqishidan hosil
bo‘ladigan
tovush
unli
hisoblanadi. Unli tovushlar oltita:
a, i, e, u, o‘,
o.
Unlilar lab ishtirokiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1. Lablangan unlilar:
o, u, o‘
2. Lablanmagan unlilar:
a, i, e
.
UNLI TOVUSHLAR TAVSIFI
i
unlisi-old
qator lablanmagan, tor unli.Tilning tanglay tomon
yuqori ko‘tarilishi va og‘izning nisbatan
tor ochilishi bilan qisqa
talaffuz etiladi.
Til, dil, jim, kiyik, kiyim .
u
unlisi-orqa qator, lablangan, tor unli.Uni
talaffuz qilishda til
tanglay tomon ko‘tarilib og‘iz juda torayadi,lablar oldinga cho‘ziladi:
gulshan,bug‘doy,kurtak,lunj.
e
unlisi-old qator,lablanmagan,o‘rta keng unli.Tilning tanglay
tomon yuqori-o‘rta ko‘tarilishi, til uchining
pastki tishlarga tegishi
bilan
yumshoq
talaffuz
etiladi,og‘iz
bir
muncha
torayadi:
etik,sekin,meva,ehson.
o‘
unlisi-orqa qator lablangan ,o‘rta keng unli.Har vaqt so‘zning
birinchi bo‘g‘inida keladi:
bo‘z,bo‘y,do‘ppi,ko‘zgu.
a
unlisi-old qator lablanmagan,keng unli.Uning aytilishida lablar
kerilib,tilning oldingi qismi pastga tushadi,uchi
esa pastki tishlarga
yaqinlashadi:
alanga,vazifa, gavhar,jasur,kurash.
o
unlisi-orqa qator,lablangan,keng unli.Uning aytilishida til
ichkariga
tortiladi,tilning uchi tishlardan uzoqlashadi,pastki jag‘ esa
tushiriladi:
bozor,obod,ovoz,hikoya,matbuot.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
69
69
Undosh tovush
: o‘pkadan chiqayotgan havo oqimining og‘iz
bo‘shlig‘ida ma’lum to‘siqqa uchrashidan hosil bo‘lgan tovush
undosh
hisoblanadi. Undoshlar quyidagicha tasnif etiladi.
1. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra:
(qaerda?)
2. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra:
(qanday?
)
Dostları ilə paylaş: