Turkiy tillarning ayrim sintaktik xususiyatlari Turkiy tillarda sifatlovchi sifatlanmishiga bitishuv usuli bilan
tobelanadi. Turkiy tillarda aniqlovchning yana bir turi borki, u
tilshunoslikda turkiy izofa deb yuritiladi. Turkiy tillarda gap
bo‘laklari, boshqa til oilasidagiga, masalan hind – evropa tillari
oilasidagiga nisbatan o‘zining muntazam joylashish tartibiga ega.
Turkiy tillarning boshqa til oilalaridan farq qiladigan tomoni
shundaki, bu tillarda qo‘shma gapning ergashgan qo‘shma gap
tipidan tashqari, funksional va struktural jihatdan boshqa til
oilalaridagi ergash gapga teng keluvchi ravishdosh, sifatdosh
oborotlari keng tarqalgan va taraqqiy qilgan.
Mahmud Koshg‘ariyning “Kitobi javohir an-nahv fi-l-lug‘at at-
turk” nomli ikkinchi asarida turkiy tillar sintaksisi ustida bahs
yuritiladi.
11- §.
TILSHUNOSLIK VA UNING BO‘LIMLARI Dunyoda 5 ming xil til mavjud. Bu tillar ma’lum xususiyatlariga
ko‘ra guruhlarga ajratilgan.
O‘zbek tili mansub bo‘lgan turkiy tillar guruhi o‘ttizga yaqin tilni
o‘z ichiga oladi. O‘zbek tili qardosh tillar bilan bir asosga ega. Shu
bilan bir qatorda mazkur tilning keyingi taraqqiyot bosqichlarida
shakllangan o‘ziga xos jihatlari mavjud.
O‘zbek tili fani quyidagi bo‘limlardan iborat.
1.
Fonetika -nutq tovushlari, bo‘g‘in va urg‘u haqidagi bo‘lim.
2.
Orfoepiya -adabiy tilning to‘g‘ri talaffuz qoidalari haqidagi
bo‘lim.
3.
Orfografiya -to‘g‘ri yozish yoki imlo qoidalarini o‘rganadi.
4.
Grafika -tovush va harf munosabati, alifbo tizimi, yozuv va
uning turlarini o‘rganadi.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
67
67
5.
Leksikologiya -so‘z va uning lug‘aviy ma’nosi, lug‘aviy
ma’noning taraqqiyot yo‘llari, so‘zning shakl va ma’no
munosabatiga ko‘ra turlari haqidagi bo‘lim.