Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
86
86
17-§. TIL VA YOZUV
Tilning butun imkoniyatlari nutqda ifodasini topadi. Nutqning
og‘zaki va yozma shakli bo‘lib , yozma nutq yozuv orqali namoyon
bo‘ladi. Yozuv ma’lum bir tarixiy
jarayon mobaynida aloqa-
munosabatning muhim vositasi bo‘lib shakllanadi. Yozuvning tarixiy
ahamiyati quyidagilarda aks etgan.
1.Yozuv ma’lum tarixiy jarayon natijasida shaklanadi va kishilar
orasidagi bavosita aloqa-munosabat vositasi sifatida ijtimoiy
manfaatlar uchun xizmat qiladi.
2. Kishilik jamiyati erishgan barcha ma’naviy
yutuqlar yozuv
orqali avloddan avlodga yetkaziladi.
3. Yozuv uchun masofa va vaqt ahamiyatsizdir.
4. Yozuvning xabar yetkazish imkoniyati tufayli turli masofadagi
axborotlar umumiy ma’lumotga aylanadi.
5.
Yozuv
kishilik
jamiyati
taraqqiyotining
muayyan
bosqichlarini, xalq tarixi, etnografiyasini adabiyot va san’at tarixini,
tilning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‘rganishda muhim ahamiyat
kasb etadi. Yozuvsiz tilning va xalqning
tadrijiy taraqqiyotini
o‘rganib bo‘lmaydi.
Dunyodagi aksariyat tillar o‘z yozuviga ega. Yozuvning hozirgi
ko‘rinishlari dastlabki shakllarning takomillashib
borishi natijasida
paydo
bo‘ldi.
Tadqiqotlardan
ma’lumki,yozuvning dastlabki
ko‘rinishlari
ramziy
ifodalar
tarzida
yuzaga
kelgan.Fanda
piktografik, logografik, ieroglifik,fonografik kabi yozuv turlari bor.
Dostları ilə paylaş: