Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

O‘zlashgan qatlam 
Arabcha, forscha-tojikcha, xitoycha, mo‘g‘ulcha, grekcha, 
ruscha 
so‘zlar o‘zlashgan qatlamni tashkil etadi.
O‘zbek tilidagi o‘zlashgan qatlamning asosini arab, fors-tojik, rus 
tillaridan o‘tgan so‘zlar tashkil etadi. 
Arabcha so‘zlar:
kitob, maktab, xalq, maorif, shoir, ma’no, 
ilhom, san’at, tanqid, madaniyat, kashf, a’lo, odob, xat, savod, amal, 
oila, inson, husn, nutq, soat, avlod, savol, sinf, millat, hikoya, maqol, 
hayot, shamol, qadr, dohiy, mag‘rur, xafa. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
99 
99
Arabcha so‘zlar diniy atamalar va turli soha nomlaridir. O‘zbek 
xalqi vakillariga qo‘yiladigan ismlarning ko‘pi arabcha. Arabcha 
so‘zlar quyidagi xususiyatlarga ega. 
1. (v) f,h,’ harflari ishtirok etgan so‘zlar,asosan, arabcha: 
ma’no, 
ta’limot, na’ra, sinf 
2. Arabcha so‘zlar siniq ko‘pligiga ega, ya’ni ko‘plik so‘z 
tarkibini o‘zgartirish bilan hosil qilinadi: 
hol-ahvol, xabar-axbor,ruh-
arvoh, xulq-axloq,she’r-ash’or.
3. Arabcha so‘zlarda o‘zakdosh so‘z tarkibidagi undoshlar 
yordamida hosil qilinadi
: hukm- hokim,-hakam-mahkama-hokimiyat-
mahkuma; 
fikr-tafakkur-mutafakkir; 
kitob-maktab-kutubxona-
maktub; sinf-tasnif; hurmat-ehtirom-marhamat-muhtaram;

Forscha-tojikcha so‘zlar
Forscha-tojikcha so‘zlar quyidagi xususiyatlarga ega. 
a)
tojikcha 
so‘zlar o‘zbek tili lug‘ati tarkibida qadimdan mavjud bo‘lib kelgan. 
b) toj ch,l,g,z undoshlari bilan boshlanadigan so‘zlar asosan tojikcha 
hisoblanadi: lola, gul,chaman. v) -xo‘r,-noma,-do‘z,-xon,-namo,-
shunos,-boz,-bon,-dor, no-, ser- qo‘shimchalari forscha-tojikchadir. 
Tojikcha so‘zlar: 
osmon,oftob, bahor, baho, barg, daraxt,gul, 
xona, mirob, dasta, bemor, g‘isht, dasht, xonadon,shogird, xaridor, 
serob, shirin, mard, mehribon, jonajon, kamtar, kam, chala, balki, 
agar, ham, go‘sht, non, sozanda, sabzavot, reja, dard, ombur, tesha, 
bobo, dugona, do‘st, xonadon, peshona, kaft. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin