Zamonaviy qatlam. Yangilik va eskilik buyog‘iga ega
bo‘lmagan so‘zlar zamonaviy qatlam so‘zlarini tashkil etadi. Tilda
faol qo‘llanuvchi so‘zlar zamonaviy qatlam so‘zlaridir. Zamonaviy
qatlam so‘zlari lug‘at boyligining asosini tashkil etadi.
Eski qatlam. Eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar eski qatlamni
tashkil etadi. Eski qatlam so‘zlari ikki xil bo‘ladi: 1) tarixiy so‘zlar
(istorizmlar); 2) arxaik so‘zlar (arxaizmlar).
1. Istorizmlar ( tarixiy so‘zlar) tarixga oid ( hozirgi kunda yo‘q)
narsa-hodisalarning atamalaridir; Istorizm hisoblangan so‘z ham, shu
so‘z ifodalagan narsa-hodisa ham hozirgi davrda qo‘llanmaydi:
cho‘ri, kanizak, jallod, zindon, sovut, sodoq, paranji.
Ayrim tarixiy so‘zlar “tirilgan”, ya’ni hozirda ishlatilmoqda:
hokim, madrasa, mufti, dorilfunun, ro‘za fitr, dorulmuallimun.
2. Arxaizmlar(eskirgan so‘zlar) hozirda mavjud bo‘lgan narsa-
hodisalarning eskirgan atamalaridir :zavraq(kema), ulus(xalq),
lang(cho‘loq), firqa(partiya), tilmoch(tarjimon), budun(xalq), bitik(
kitob), irn (lab), dudoq( lab), hamshira (singil), meng ( xol), eng(
yonoq), ilik ( qo‘l).
Istorizmlar va arxaizmlar quyidagicha farqlanadi.
1. Arxaizmlar hozirda bor narsa-hodisalarning, istorizmlar
o‘tmishdagi narsa-hodisalar atamasidir.
2. Arxaizmning zamonaviy qatlamga oid sinonimi bo‘ladi;
istorizmning bunday sinonimi bo‘lmaydi.
3. Arxaizm tilda bor narsa-hodisani atovchi birdan ortiq so‘zning
bor ekanligi sababli paydo bo‘ladi.Istorizm narsa-hodisaning hozirgi
voqelikdan yo‘qolishi sababli yuzaga keladi.
4. Arxaizm o‘z sinonimi bo‘lgan zamonaviy so‘zga nisbatan
belgilanadi; Istorizm esa so‘z ataydigan narsa-hodisaning o‘tmishga
oidligi bilan belgilanadi.
5. Arxaizm nomlash va uslub jihatdan farqlash vazifasini bajaradi.
Istorizm faqat nomlash vazifasini bajaradi.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
97
97
Yangi qatlam. Tilda yangi paydo bo‘lgan va yangilik belgisi
(bo‘yog‘i) sezilib turadigan so‘zlar neologizmlar deyiladi: bakalavr,
magistr, litsey, kollej.
O‘zbek tili lug‘at tarkibidagi eski va yangi so‘zlar nofaol so‘zlar
deb, zamonaviy qatlam so‘zlari esa faol so‘zlar deb nomlanadi.