Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Dialektal leksika
Ma’lum hududda qo‘llanilib, shu hudud (territoriya) aholisi 
(vakillari) uchungina tushunarli bo‘lgan so‘zlar 
sheva so‘zlari
yoki 
dialektal leksika
deyiladi. Bunday so‘zlar 
dialektizmlar
ham deb 
yuritiladi. 
Sheva so‘zlari adabiy tildan uch xususiyatiga ko‘ra farqlanadi: 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
101 
101
a) fonetik xususiyatiga ko‘ra: 
aka-oka, bola-bala, dada-doda, 
kovush-govush,edi-jedi
. b) leksik xususiyatiga ko‘ra: 
kartoshka-
barang, yong‘oq-g‘o‘z, g‘isht-karvich, buzoq-o‘jak, narvon-shoti
. v) 
grammatik xususiyatiga ko‘ra: 
oshni-oshti, kelyapti-kevotti, boramiz-
boravuz, bobomga-boboma.
Ba’zi so‘zlar adabiy til va dialekt(sheva) da qo‘llangani holda, 
adabiy tilda shevadagidan o‘zgacha ma’noda ishlatiladi. Masalan, 
irkit;
adabiy tilda: “kir, iflos”; shevada: “ayron xalta” ma’nosini 
bildiradi. 
Tavoq; 
adabiy tilda ichi chuqur idish; Farg‘ona shevasida 
“lagan” ma’nosida qo‘llanadi. 
Bir-biriga yaqin bo‘lgan shevalar yig‘indisi 
lahja
deyiladi. 
O‘zbek xalq shevalari uchta lahjaga birlashadi. 
Qarluq lahjasi
. Bu lahjaga Farg‘ona, Toshkent tipidagi shahar 
shevalari kiradi. Bu lahjaga kiruvchi shevalar 
“y-
lashgan

deb ham 
yuritiladi. 
Qipchoq lahjasi
. Bu lahjaga kiruvchi shevalar 
“j- 
lashgan

ham 
deyiladi. Negaki, so‘z boshidagi y o‘rnida asosan j qo‘llanadi; 
yo‘ldosh-jo‘ldosh, yil-jil, etti-jetti. 
O‘g‘uz lahjasi. 
Bu lahjaga Xorazm, turkman shevalari kiradi. Bu 
shevalarda so‘z boshidagi jarangsiz undosh jaranglilashadi:
tovush-
dovush, kuch-guch.
O‘zbek adabiy tiliga qarluq lahjasi: fonetik jihatdan Toshkent
morfologik jihatdan Farg‘ona shevasi asos bo‘lgan. 
Dialekt va shevalarning o‘ziga xos jihatlari dialektologiya 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin