Muallifdan


Emotsional-ekspressivlik jihatdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

 
Emotsional-ekspressivlik jihatdan
o‘zbek tili leksikasi 
 
Emotsional-ekspressivlik 
his-tuyg‘u, 
munosabat 
ifodalash 
demakdir. O‘zbek tilidagi ba’zi so‘zlar so‘zlovchining munosabatini 
ham ifodalaydi, ba’zilarida munosabat sezilmaydi. Shu jihatdan 
so‘zlar ikki xil bo‘ladi:
1) emotsional-ekspressiv bo‘yoqsiz so‘zlar; 2)emotsional-
ekspressiv buyoqdor so‘zlar. Bo‘yoqsiz so‘zlarda faqat tushuncha
ma’no ifodalanadi. So‘zlovchining munosabati sezilmaydi. Bunday 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
103 
103
so‘zlar 
bo‘yoqsiz
yoki 
neytral
so‘zlar deb yuritiladi. Bo‘yoqdor 
so‘zlarda 
so‘zlovchining 
munosabati 
ham 
ifodalanadi. 
Munosabatning xarakteriga ko‘ra bo‘yoqdor so‘zlar ikki xil bo‘ladi: 
a) ijobiy bo‘yoqdor so‘zlar:
chehra, jamol. 
b) salbiy bo‘yoqdor 
so‘zlar:
badbashara, badburush, naynov, qiltiriq, kampirdahan.
 
Noadabiy qatlamlar 
 
Jonli (so‘zlashuv) tilda uchraydigan, keng iste’molda qo‘llanmay, 
ayrim shaxslarning xulq-atvorini, tabiatini ko‘rsatib turadigan so‘z va 
iboralar noadabiy qatlam hisoblanadi. O‘rinsiz iboralar, qarg‘ash, 
so‘kish, argo, jargon, varvarizmlar noadabiy qatlam hisoblanadi. 
Masalan: “Xo‘jayinimizning tusini el esin...”, “Boshqa vaqtda zvonit 
qiling...” 
Varvarizm
(lat. “ajnabiy”)-boshqa tillardan olingan so‘z va 
iboralarni o‘rinsiz qo‘llash. Masalan: 
momoy, babulya, bratishka, 
gardkam, mersi, danke...
 
Vulgarizm
(lat. “dag‘al”)-adabiy tilda ishlatilmaydigan yoqimsiz, 
qo‘pol so‘zlar, noto‘g‘ri jumlalar:
Ey, sharmanda, benomus, bebosh.
Vulgarizm ham noadabiy qatlamga kiradi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin