Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
121
121
Bir xildagi predmet yoki hodisalardan birini ajratib ko‘rsatuvchi
otlar
atoqli
otlar deyiladi. Bir turdagi predmetlarning umumiy nomini
bildiruvchi otlar
turdosh
otlar deyiladi.
Atoqli otlar faqat birlikda
qo‘llanadi.
Asal, Arslon, Ra’no, Rayhon, Anor, Lola, Bahri, Juma,...kabi
atoqli otlar turdosh otlar asosida; O‘lmas, Tursun,
Turdi kabi atoqli
otlar fe’l asosida paydo bo‘lgan. O‘z navbatida rentgen, xosiyatxon,
nyuton, amper kabilar atoqli otlar asosida yuzaga kelgan.
2. Turdosh otlar ifodalangan tushunchaning xarakteriga ko‘ra
aniq
va
mavhum
otlarga bo‘linadi.
Sanash, ko‘rish, ushlash mumkin bo‘lgan otlar aniq otlardir:
gilam, gul, ro‘mol
. Ko‘z bilan ko‘rib, ushlab bo‘lmaydigan,
sanalmaydigan otlar mavhum otlar hisoblanadi:
g‘am,alam, baxt,
shodlik
. Mavhum otlarga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilganda uslubiy
ma’no anglashiladi.
3.
Yakka va jamlovchi
otlar. Yakka otlar alohida predmetni
bildiradi:
ro‘mol, ko‘zoynak , kitob
. Bir
turdagi predmetlarni jamlab
ko‘rsatuvchi otlar jamlovchi deyiladi:
xalq, armiya, meva.
Otlar ikki usul bilan yasaladi:
affiksatsiya
(qo‘shimcha qo‘shish)
va
kompozitsiya
(so‘zlarni qo‘shish)
Ot yasovchi qo‘shimchalar quyidagicha:
1) Shaxs oti yasovchi: -chi, -gar, -kor, -kash, -shunos, -(u) vchi, -
(o)vchi, -dosh, -bon, -dor, -furush, -boz, -xo‘r, -paz, -soz, -do‘z, -xon,
-go‘y, -ham, -iy, -vachcha.
2) narsa-buyum oti yasovchi: -gich (-g‘ich,-kich,-qich), -ma, -m (-
im,um), -gi (-g‘i,-ki,-qi,-g‘u), -k,-q (-ik,-iq,-uq,-oq),-g‘in,-qin,-v,-uv,-
don.
3) o‘rin-joy oti yasovchi: -loq,-zor,-iston,-poya,-goh,-obod.
4) mavhum ot yasovchi: -lik,-chilik,-garchilik,-liq,-lashtirish.
Dostları ilə paylaş: