Olmosh turlari
Olmosh ma’no va grammatik xususiyatlariga ko‘ra yetti turga
bo‘linadi:
1.
Kishilik olmoshlari:
men, sen, u, biz, siz, ular. Kishilik
olmoshlari egalik affiksini olmaydi. Ba’zan III shaxs kishilik olmoshi
otlashib, egalik affiksini olishi mumkin:
Unisi 10 ga kirdi.
2.
O‘zlik olmoshi
: o‘zlik olmoshi egalik affiksini olib, har uchala
shaxs kishilik olmoshini ko‘rsata oladi. O‘zlik olmoshi kelishiklar
bilan turlanishi uchun avval egalik affiksini qabul qiladi: O‘zimning
o‘zingni, o‘zining. O‘zlik olmoshi aniqlovchi, kesim, to‘ldiruvchi
vazifasida keladi.
3.
Ko‘rsatish olmoshlari:
bu, shu, o‘sha, mana shu, mana bu, ana
shu, ushbu, ana u. Ko‘rsatish olmoshlari shaxs, narsa buyum yoki
ularning belgisini ko‘rsatish, ta’kidlash uchun xizmat qiladi.
Ko‘rsatish olmoshi asosan, aniqlovchi, kesim vazifasida keladi.
4.
So‘roq olmoshlari:
kim?, nima?, qanday?, qanaqa?, qachon?,
qaysi?, qancha?, necha?, qaer?, nega?, qalay?. So‘roq olmoshlari
shaxsga (kim?), narsa buyumga (nima?), belgiga (qanday?, qanaqa?,
qaysi?), miqdorga (necha?, qancha?), vaqtga (qachon?), maqsad va
sababga (nega?, nimaga?), o‘ringa (qani?) munosabat bildiradi.
Badiiy asarlarda
nechuk, ne, na
so‘roq olmoshlari ishlatiladi.
So‘roq olmoshlari kelishik, egalik affikslari bilan turlana oladi.
5.
Belgilash-jamlash olmoshlari:
har kim, har, har nima, har
qanday, har qaysi, har bir; hamma, bari, jami, barcha, butun, yalpi.
Belgilash olmoshlari gapda ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi va hol bo‘lib
keladi.
6.
Bo‘lishsizlik olmoshlari:
hech kim, hech qanday, hech nima,
hech qaysi. Bu olmoshlar ot, sifat, son kabi so‘z turkumlari anglatgan
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
132
132
ma’no haqidagi inkorni bildiradi. Ma’no jihatdan belgilash
olmoshlariga zid. Bo‘lishsizlik olmoshi ot vazifasida keladi.
7.
Gumon olmoshlari:
allakim, allaqanday, allaqaysi, kimdir,
nimadir, allanima, allaqachon, allaqanaqa. Gumon olmoshlari
predmet, belgi yoki hodisa haqidagi noaniq tasavvurni bildirib,
ularga umumiy va taxminli ishora qiladi. Gumon olmoshlari ot, sifat
xarakterida bo‘ladi.
Belgilash, bo‘lishsizlik, gumon olmoshlari sodda yoki qo‘shma
holda bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |