Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

 
Fe’l 
 
Ish-harakatni bildirgan so‘zlar turkumi 
fe’l
deyiladi. Fe’l quyidagi 
xususiyatlarga ega. 
Fe’l tuslanadi. Fe’l turkumidagi so‘zlarning shaxs-son 
qo‘shimchalarini olib o‘zgarishi 
tuslanish
deyiladi. Shaxs-son 
qo‘shimchalari 
tuslovchi qo‘shimchalar
deyiladi. Tuslanish fe’lning 
mayl, zamon va shaxs-son formalarini olib o‘zgarishidir. 
Shaxs-son tushunchasi (kategoriyasi) 
 
Shaxs-son 
tushunchasi fe’l 
anglatgan 
harakat-holatning 
bajaruvchiga bo‘lgan munosabatini ifodalaydi. I shaxs-so‘zlovchi; 
II shaxs-tinglovchi, III shaxs-nutq jarayonida ishtirok etmayotgan 
shaxs. 
I shaxs: bordim bordik, boryapmiz 
II shaxs: bording, boryapsan bordingiz, boryapsiz 
III shaxs: bordi, boryapti bordilar, boryapti(lar) 
Zamon tushunchasi 
 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
133 
133
Zamon 
tushunchasi 
harakat-holatning 
nutq 
vaziyatiga 
munasabatini ifodalaydi. Fe’lning uch zamoni farqlanadi: o‘tgan 
zamon(nutq jarayonigacha bo‘lgan harakat); hozirgi zamon (nutq 
jarayonida sodir bo‘layotgan harakat), kelasi zamon (nutq 
jarayonidan keyin sodir bo‘ladigan harakat). 
1. O‘tgan zamon 
fe’llari quyidagicha:
a) aniq o‘tgan zamon shakli-di: yozdik, ko‘rdik. 
b) uzoq o‘tgan zamon shakli –gan: yozgandingiz, ko‘rgandingiz. 
v) o‘tgan zamon hikoya shakli-(i) b: yozibsiz, ko‘ribmiz; yozib 
edik, ko‘rib edik. 
g) o‘tgan zamon davom fe’li-a(r)-edi, (-mas-edi): ko‘rinar edi, 
ko‘rinmas edi. 
2. Hozirgi zamon 
fe’llari quyidagicha: 
a) aniq hozirgi zamon shakli 
-yap
-shaxs-son affiksi: -yotir,-yotib; 
boryapman, borayotirman, borayotibman; -moqda: bormoqda. 
b) hozirgi- kelasi zamon shakli: kelasi zamon aniq shakli:-a, -y; 
yozadi; ishlaymiz; kelasi zamon gumon shakli; -(a)r, (-mas); 
yozarman, yozmasman. 
3.Kelasi zamon 
shakllari quyidagicha: 
a) aniq kelasi zamon shakli -ajak(-yajak): borajakmiz, 
o‘qiyajakmiz; -gu(-g‘u,-ku,-qu): kelgum(dir), kelgumiz, kelgusi; 
b) kelasi zamon maqsad shakli-moqchi: kelmoqchiman, 
aytmoqchisan; 
v) kelasi zamon gumon shakli:-r,-ar: o‘qirman, boraman. 
Ba’zi hollarda bir zamon shaklining boshqasi o‘rnida qo‘llanishi 
uchrab turadi. Harakatning qaysi zamonga oidligi esa umumiy 
holatdan anglashilib turadi. Masalan: 
Hozir qorong‘ida qayoqqa 
bordigu, nimayam qildik
-kelasi zamon. 
Shundan so‘ng bilmadim, 
qancha vaqt shirin xayollar osmonida qanot qoqib yurdim
-hozirgi 
zamon. 
Bugun kechqurungi poezd bilan jo‘nab ketyapmiz
-kelasi 
zamon. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
134 
134
Fe’llar ma’no va leksik- grammatik xususiyatlariga ko‘ra ikki xil 
bo‘ladi: 1) mustaqil fe’llar; 2) yordamchi fe’llar. 
1. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin