Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
118
118
Dadamlar keldilar
kabi o‘rinlarda -lar ko‘plik qo‘shimchasi
hisoblanmaydi.
Ayrim otlar -lar affiksini olmaydi:
1. Planeta, yulduz nomlari (Quyosh, Mars..). Atoqli otlarga -lar
affiksi qo‘shilganda grammatik ko‘plik ifodalanmaydi.
2. Ayrim so‘zlar ma’nosiga ko‘ra -lar qo‘shimchasini olmaydi:
xaloyiq, dada, ona.
Ba’zan otlarga -lar qo‘shimchasi qo‘shilsa ham ko‘plik
ifodalanmaydi, balki turlicha modal ma’nolar anglashiladi.
1. Atoqli otlarga:
Muhayyo, Nodira, Akmal
kabilarga -lar
qo‘shilganda kishilar guruhi tushuniladi.
2. Mavhum otlarga -lar qo‘shilganda uslubiy ma’no
ifodalanadi,
ma’no kuchaytiriladi:
sevgi, uyqu, aql, kambag‘al, ko‘ngil
.
Uyqularim qochdi
.
3. O‘zi bir dona bo‘ladigan narsa-buyumlarga -lar qo‘shilganda
ham ma’no kuchaytiriladi:
bosh, til, burun
.
4. Donalab sanalmaydigan otlarga -lar qo‘shilsa, shu predmetning
turi, navi, xili anglashiladi:
unlar, yog‘lar, suvlar
.
5. Ma’lum
kasb-hunar, fan, shu kasb-hunarga,
fanga oid sohani
bildiruvchi otlar ko‘plik shaklida qo‘llanmaydi:
o‘qituvchilik,
dehqonchilik, olimlik, matematika, ximiya, tilshunoslik.
Quyidagi hollarda otlar doimo birlik shaklida bo‘ladi:
1. Izohlovchi-izohlanmish munosabatidagi birinchi so‘z:
qiz bola,
oshpaz kampir, injener Qodirov.
2. Sifatlovchi
son bilan ifodalansa, har ikki qism ham birlikda
bo‘ladi:
beshta kitob, o‘ntacha sayyoh, uchala bola, bir-ikkita gap,
besh kun.
Otlar nutqda har doim birlik yoki ko‘plik shaklida bo‘ladi. O‘zbek
tilida otning son shakli (birlik va ko‘plik) sintaktik munosabat
bildirmaydi.
Dostları ilə paylaş: