Armanistonning (poytaxti Erevan) davlat tili bo‘lib, bu tilda 3 milliondan ko‘proq kishi so‘zlashadi. O‘lik tillardan qadimgi arman tili ham bu guruhga kiradi
Armanistonning (poytaxti Erevan) davlat tili bo‘lib, bu tilda 3 milliondan ko‘proq kishi so‘zlashadi. O‘lik tillardan qadimgi arman tili ham bu guruhga kiradi. I. Hind-Evropa tillari oilasiga, yuqorida ko‘rsatib o‘tganlarimizdan tashqari, xett, toxar tillari singari o‘li tillar guruhi ham kiradi.
11. Xom-som tillari oilasi. Bu tillar oilasi ikki katta guruhga: 1) som tillari guruhiga va 2) xom tillari guruhiga bo‘linadi.
1) Som tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi: Arab tili. Bu tilda 50 milliondan ortiqroq kishi so‘zlashadi. Arab tili Birlashgan Arab Respublikasi (poytaxti Qohira), Iroq respublikasi (poytaxti Bag‘dod), Sudan (poytaxti Xartum), Marokash (poytaxti Rabat), Livan (poytaxti Bayrut), Tunis (poytaxti Tunis), Iordaniya (poytaxti Irlandiya), Liviya (poytaxti Tripoli), Jazoir Xalq respublikasi (poytaxti Jazoir), Yaman respublikasi (poytaxti Sana), Suriya arab resupblikasi (poytaxti Damashq) kabi bir qancha arab mamlakatlarining davlat tilidir.
Afrika qit’asida yashovchi yana bir qancha xalqlar arab tilida so‘zlashadi. Shuningdek, janubiy arab tili, amxar tili, aysar tili hamda o‘lik tillardan assuriya, vavilon, xonaney, qadimgi yahudiy va oramiy tillari ham som tillari guruhiga kiradi.
1. Xom tillari guruhiga: shilx, tuareg, kabil, amazirt tillari, o‘lik tillardan esa liviya, numid, shtul, qadimgi misr tillari va boshqa tillar kiradi. Umuman, xom-som oilasiga kirgan tillar yaxshi tekshirilib o‘rganilmagan.
III. Kavkaz tillari oilasi. Kavkaz tillari yana bir qancha guruhlarga, chunonchi, g‘arbiy guruhga, veynax guruhiga, Dog‘iston guruhiga bo‘linadi.
1. G‘arbiy guruhga quyidagi tillar kiradi: abxaz tili. Bu til Abxaziya Respublikasida yashovchilarning
xalq tili bo‘lib, bu tilda 80 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
abazin tili. Bu til Cherkas Avtonom Respublikasida yashovchi xalqlarning davlat tili bo‘lib, bu tilda 25 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
v) adigey tili. Bu til Adigey Respublikasida yashovchi xalqning
tili bo‘lib, bu tilda 80 mingdan ortiq kishi so‘zlashadi;
g) kabardin-cherkes tili. Bu til Kabarda-Balkar va Cherkas Respublikalarida yashovchi xalqlarning davlat tili bo‘lib, bu tilda 250 mingdan ortiq kishi so‘zlashadi.
2. Veynax guruhiga quyidagi tillar kiradi: chechen tili. Bu til Chechen respublikasida yashovchi xalqlarning davlat tili bo‘lib, unda 500 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
ingush tili (bu tilda 100 mingdan ko‘proq kishi so‘zlashadi,
ular Ingush respublikasida yashaydi);
g) basbi tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar Chechen va Ingush Respublikalarida yashaydi.
3. Dog‘iston guruhiga Dog‘iston respublikasida yashovchixalqlarning tillari kiradi: avar tili. Bu tilda 300 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
dargin tili. Bu tilda 160 ming kishi so‘zlashadi;
v) lazgin tili. Bu tilda 230 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
lak tili. Bu tilda 70 ming kishi so‘zlashadi;
tabassaran tili. Bu tilda 34 ming kishi so‘zlashadi.
Bulardan tashqari, nufuzi kam bo‘lgan bir qancha tillar ham dog‘iston guruhiga kiradi. Bu tillarda so‘zlovchilarning aksariyati Dog‘iston Avtonom Respublikasida yashaydi.
4. Janubiy guruhga gruzin tilikiradi. Gruzin tili Gruziya respublikasining (poytaxti Tbilisi) davlat tili bo‘lib, bu tilda 2,5 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi.
Shuningdek, 110 ming kishi so‘zlashadigan chan tili, 290 ming kishi so‘zlashadigan migrel tili va 15 ming kishi so‘zlashadigan svan tili ham janubiy guruhga kiradi.
IV. Ugor-fin tillari oilasi 2 guruhga: 1) ugor tillari; 2) fin tillari guruhiga bo‘linadi.
1. Ugor tillariga quyidagilar kiradi: